Mahdiylar




Mahdiylar (1159 - 1173) — Yamanda hukmronlik qilgan sulola. Poytaxti - Zabid (Yaman).
Mahdiylar davlati Najohiylar davlati oʻrnida tashkil topgan.

Tarixi



Sulola asoschisi — Tihomada davatchilik qilgan Ali ibn Mahdiy Ruayniy Ximyoriy (1137-1159). 1150-yili uning tarafdorlari kuchsizlanib qolgan najohiylarning mulklarini egallay boshlashdi, natijada deyarli butun mamlakat qoʻlga kiritildi. Ali ibn Mahdiyning vo­rislari Mahdiylar davlati hududini muntazam kengaytirib borishdi hamda oʻz davlatlariga Tihomadan Janad va Taiz shaharlarigacha boʻlgan Gʻarbiy Yamanni qoʻshib olishdi. Janubga yurish chogʻida zurayyiylar va hamdoniylar bilan toʻqnashishdi. Oradan koʻp oʻtmay Yamanga Salohiddin Ayyubiyning ukasi Shamsiddin Turonshoh boshliq Misr qoʻshini kirdi va 1174-yili Zabidni oldi.

Hukmdorlar roʻyxati




Yana qarang



Yaman
Najohiylar
Ayyubiylar

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz