Mahalliy issiq suv




Mahalat bulog'i - markaziy provinsiyadagi Mahalat shahridan 15 km shimoli-sharqda joylashgan buloqlari to'plamidir.

Geologiya



Mahalat buloqlari — yer poʻsti ichidagi yonayotgan togʻ jinslarining bugʻidan kelib chiqib, yer yuzasiga yetib boruvchi chuqur issiq suv turidir. Bu suvlarning chuqurligi baʼzan 20000 metrga hamda issiqligi esa koʻtarilish tezligiga qarab baʼzan 100 daraja issiqlikka yetadi.

Suvning xossalari



Mahalat buloqlari juda ham qadimiy tarixga ega. Qum tarixi va geografiyasi muallifi o‘z kitobida shunday yozgan: “Kim kasal bo‘lsa hamda a’zosi sovuq yoki shamol bo‘lsa, shu suv bilan yuvinsa, Alloh taoloning qudrati bilan shifo topadi. Yana bir joyda aytilishicha: bu buloqlarning suvi kaltsiy sulfatli suv va gipertermik yoki quruq qoldiq suvlardan hisoblanadi va siydik haydash xususiyatiga ega bo'ladi va podagra kasalliklarini hamda jigar, o't-buyrak va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolashda ishlatiladi. . Umuman olganda, bu buloqlarda cho‘milish ko‘plab shifobaxsh ta’sirga ega bo‘lib, insonning jismoniy hamda ruhiy salomatligini mustahkamlaydi.

Buloqlar



Mahalat kurort buloqlariga Shefa, Denbeh, Revmatizm, Hakim, Soda (Baxtiyor) va Sulaymoniya nomli 6 ta buloqdan iborat bo'ladi hamda ular orasida Hakim bulog'i boshqa buloqlarga qaraganda pastroq haroratga ega hisoblanadi.

Imkoniyatlar



“Irangordi” va “Jahongordi” sarmoyaviy kompaniyasi ushbu majmuada 3 yulduzli mehmonxona qurgan hisoblanib, Ushbu mehmonxonada 32 ta xonalar, 27 ta villalar, restoranlar, erkaklar va ayollar suzish havzasi va shu bilan birgalikda xususiy vannalar mavjuddir.

kirish



Bu yerga ikki yo'l bilan kirish mumkin:

Izoh




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz