Mahalliy bozor




Mahalliy bozor — ayirboshlash miqyosi jihatidan muayyan mamlakatning davlat chegaralari doirasi bilan cheklangan shahar, tuman, viloyat hududlaridagi bozor. Bu bozorlarda sotiladigan mahsulotlar koʻlami va xilma-xilligi eng avvalo mahalliy qishloq xoʻjaligi, sa-noatning rivoji va yoʻnalishi bilan belgilanadi. Bu bozorlardagi tovarlar, asosan, oziq-ovqat, keng isteʼmol, sanoat mollari, xoʻjalik va uy-joy buyumlari, qurilish materiallari va boshqalardan iborat boʻladi. Mahalliy bozorning xilma-xilligi, ularning xususiyatlari, sotiladigan tovarlar turlari shu yerli xalqning xoʻjalik tarzi, hududning uzoq shakllangan madaniyiqtisodiy taraqqiyoti natijasidir. Mahalliy bozor mintaqa bozori va jahon bozori bilan aloqalarga kirishib, oʻz biqiqligini yoʻqotib boradi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz