Mahabharata
Mahabharata („Bharata avlodlari jangnomasi“) — qadimgi hind qahramonlik eposi.
Dastlabki namunasi miloddan avvalgi X—VIII asrlarda yuzaga kelgan „Mahabharata“ 25 ming misradan iborat sheʼriy qoʻshiqlardir. Aytilishicha, u avval „prakrit“ (xalq) tilida ogʻizdan ogʻizga koʻchib yurib, keyinchalik sanskrit tilida yozma adabiyotga kirib kelgan. Asar qahramonlaridan biri afsonaviy avliyo Vyasa uning muallifi sanaladi. Epos turli hajmdagi 18 kitobdan iborat boʻlib, hind adabiyotidagi anʼanaviy syujet ichida syujet uslubida yaratilgan. „Harivansha“ („Hariy sulolasi“) nomli 19 kitob keyinchalik ilova sifatida kiritilgan. „Mahabharata“dagi baʼzi rivoyat va qahramonlar veda adabiyotida ham uchraydi. Syujetlar asosan afsona va rivoyatlardan iborat boʻlib, vaqt oʻtishi bilan ular yangilanib, oʻzgarib, asarning hajmi kattalashib borgan. Jumladan, „Shakuntala qissasi“, „Rama qissasi“, „Shiva haqidagi qissa“, „Nala qissasi“, „Shoh Shiva haqidagi qissa“, „Savitriy qissasi“ kabi rivoyatlar xalq ogʻzaki ijodidan kirib kelgan. Eposda Hindistondagi qadimgi Hastinapur (bugungi Dexli) davlatining shoqi Bharataning yettinchi avlodida (kavravlar va pandavlar oʻrtasida) taxt uchun boʻlib oʻtgan buyuk janglar tarixi bayon etiladi. Undagi voqe-alar miloddan avvalgi 2000 yillikning 2-yarmida boʻlib oʻtgan, deb taxmin qilinadi. Eposning hind xalqi hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligining sabablaridan yana biri shundaki, hinduizmning muqaddas kitobi boʻlmish „Bhagavadgita“ („Ilohiy qoʻshiqlar“) ham aynan „Mahabharata“ voqealari orqali shu kungacha yetib kelgan. Afsonalarga koʻra, xudo Vishnu hind xalqini razolat va zulmatdan ozod etish uchun choʻpon Krishna qiyofasida yer yuziga tushadi va eposda adolat timsoli boʻlmish pandavlarning togʻasi sifatida ularning gʻalaba qozonishiga koʻmaklashadi. „Bhagavadgita“ esa Krishnaning Kuru maydonidagi buyuk jangdan avval besh aka-uka pandavlarning ikkinchisi — Arjunga bergan diniy-falsafiy oʻgitlaridir. „Bhagavadgita“dagi maʼbud Krishnaning soʻzlari, u koʻtarib chiqqan gʻoya bugungi hindu-izmning asosiy qonunqoidalarini tashkil etadi.
„Mahabharata“da tasvirlangan manzaralar, jang epizodlarining, asar personajlarining badiiy ifodasi asrlar mobaynida hind adiblarini ilhomlantirib keldi. Bugungi kunda Hindistonda har bir millatning oʻz „Mahabharata“si mavjuddir. Jumladan, Andhra Pradesh xalqining „Andhra Mahabharati“ eposi buyuk „Mahabharata“ning tarjimasi emas, balki andxra xalqining „Mahabharata“ eposidan taʼsirlanib yaratgan yangi asaridir, shu bois uning nomi ham shtat nomi bilan bogʻliq. Eposdagi syujetlarni Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Myanma, Shri Lanka va boshqa xalqdar milliy adabiyotida uchratish mumkin.
Jawaharlal Neru „Mahabharata“ bilan „Ramayana“ eposlarining adabiyotga taʼsirini baholab: „Omma ongiga bu ikki asardek uzoq muddat davomida hamda chuqur taʼsir qila olgan kitobni boshqa hech bir mamlakatda koʻrmadim“, — degan edi.
„Mahabharata“ jahonning koʻpgina tillariga tarjima qilingan, shu jumladan, „Janglar qissasi. Mahabharata yoki Bharata avlodlari jangnomasi“ S. Yoʻldoshev tarjimasida oʻzbek tilida chop etilgan (1970-yil).
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Mahabharata — Hindistonda paydo bo‘lgan eng mashhur va muhim epik dostonlardan biridir. U qadimgi hind adabiyoti va madaniyatining asosi hisoblanadi. Mahabharata asari taxminan eramizdan avvalgi 400-yildan 400-yilgacha bo‘lgan davrda yozilgan deb hisoblanadi, ammo uning asosiy hikoyalari qadimgi davrlarga, taxminan minglab yillar avvalgi vaqtga borib taqaladi.
Mahabharata haqida umumiy ma’lumot:
-
Muallifi va shakllanishi:
Mahabharata asarining muallifi muayyan emas, u ko‘pchilik qahramonlar va shoirlarning asarlari to‘plami sifatida paydo bo‘lgan. Aniq aytilishicha, Veda Vyasa — dostonning asosiy muallifi hisoblanadi, u ushbu epik dostonni tizimlashtirgan.
-
Hajmi va tuzilishi:
Mahabharata dunyodagi eng uzun epik she’r hisoblanadi. Uning 100,000 dan ortiq ohangli vers (shlok)lari bor, va u taxminan 1,8 million so‘zdan iborat. Uning 18 bo‘limi (parvasi) mavjud, har biri o‘z mavzusi va qahramonlariga ega.
-
Asosiy hikoya:
Dostonning markaziy qismi — Pandava va Kaurava qardoshlarining o‘rtasidagi nizo haqida. Ular Hindistonning qadimgi Keruvoda hududiga doir taxt uchun kurashadilar. Pandavalar adolat va haqiqat tarafdorlari, Kauravalar esa ko‘pincha adolatsiz va yovuz sifatida ko‘rsatiladi. Bu nizo qattiq urushga — Kurukshetra urushiga olib keladi.
-
Mahabharataning ahamiyati:
Mahabharata nafaqat tarixiy va epik doston, balki unda falsafa, axloq, siyosat, din va hayotga oid chuqur tushunchalar berilgan. Asarda muhim falsafiy dialogdir — "Bhagavad Gita", u urushning oldidan Kriṣṇa va Arjuna o‘rtasidagi suhbat sifatida o‘qiladi. Bhagavad Gita hind falsafasining eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi va dunyo diniy falsafalarida chuqur o‘rin tutadi.
-
Madaniy va diniy merosi:
Mahabharata Hinduizm diniy manbalaridan biri bo‘lib, undagi qahramonlar va voqealar Hind xalqining kundalik hayoti, san’ati, teatr va boshqa madaniyat shakllariga katta ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, u butun Janubiy Osiyo madaniy merosining asosi hisoblanadi.
Xulosa:
Mahabharata — adabiyot, tarix, falsafa va diniy bilimlarni o‘zida mujassam etgan ulkan asar bo‘lib, uning ta’siri bugungi kunda ham dunyoning ko‘plab madaniyatlarida seziladi. U nafaqat qirolliklar kurashi va urushlar haqida, balki hayotning mohiyati, odillik va axloq haqida chuqur fikrlarni beradi.
Agar ushbu mavzuga oid boshqa savollaringiz bo‘lsa, so‘rashingiz mumkin!