Magnus Eriksson




Magnus Lennart Eriksson (talaffuzi: Magnus Lenart Eriksson; 1990-yil 8-aprelda Shvetsiyada tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, „Djurgården“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Magnus Eriksson oʻz shahrining „AIK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

2012-yilning yozida u Belgiyaning „Gent“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 15-sentyabr kuni „Mechelen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Magnus Eriksson Yupiler ligasida debyut qilgan. Murabbiylarning doimiy oʻzgarishi tufayli Magnus Eriksson bor-yoʻgʻi toʻrtta bahsda qatnashgan va mavsum oxirida „Malmö“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, Vataniga qaytgan. 2013-yil 2-aprelda „Halmstads“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan. 5-aprel kuni oʻzining sobiq jamoasi „Åtvidaberg“ futbol klubiga qarshi bahsda Magnus Eriksson „Malmö“ futbol klubi darvozasiga birinchi golni urgan. Oʻsha yili u Shvetsiya Superkubogining gʻolibi va mamlakat chempioni boʻlgan.

Chempionlar ligasi saralash bosqichi oʻyinlarida Magnus Eriksson Avstriyaning „Red Bull“ jamoasi darvozasiga gol urgan va jamoaga turnirning guruh bosqichiga chiqishga yordam bergan.

2015-yilning 10-iyulida Magnus Erikssonning „Brøndby“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. 19-iyul kuni u Daniya Superligasida „Aarhus“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 18-oktyabr kuni „Viborg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Magnus Eriksson „Brøndby“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. Magnus Eriksson mavsum davomida faqat bir marta gol urgan, shu bois chempionat yakunlariga koʻra klub rahbariyati futbolchini sotishga qaror qilgan. 2016-yilning yozida Magnus Eriksson „Djurgården“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytgan. 18-iyul kuni „Jönköpings Södra“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 14-avgust kuni „Elfsborg“ futbol klubiga qarshi bahsda Magnus „Djurgården“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. 2017-yilning 20-dekabrida Magnus Eriksson Amerikaning „San Jose Earthquakes“ futbol klubiga ko‘chib o‘tgan. U MLSdagi debyutini 2018-yilning 3-martida „Minnesota United“ futbol klubiga qarshi mavsumning ochilish o‘yinida o‘tkazgan. 2018-yilning 7-aprelida u MLSdagi ilk golini „Philadelphia Union“ futbol klubi darvozasiga kiritgan.

Xalqaro faoliyati



2014-yilning 17-yanvarida Magnus Eriksson Shvetsiya terma jamoasida Moldova bilan o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz