Magnoliya




Magnoliya (Magnolia) — magnoliyadoshlar oilasiga mansub doim yashil yoki barg toʻkadigan daraxtlar turkumi. Sharqiy va Jan.-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikaning jan.-sharqi hamda Markaziy Amerikada 80 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 3 turi manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Shundan yirik gulli M. doim yashil manzarali daraxt sifatida tarqalgan. Oʻzbekistonda oʻstiriladiganining bargi kuzda toʻkiladi. Boʻyi 10–13 m oraligʻida. Barglari ellipssimon yoki tuxumsimon, yaltiroq, bandli, ketma-ket joylashgan. Gullari yirik, oq, xushboʻy, yakka. Bargi tarkibida efir moylari, glyukozidlar, poʻstlogʻi va ildizida alkaloidlar bor. Bargidan tayyorlangan suyuq eksrakt qon bosimini pasaytirishda qoʻllanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz