Magnituda
Magnituda (lot. magnitudo — miqdor, oʻlcham), Zilzila magnitudasi — zilzila yoki portlashdan vujudga keladigan taranglik tebranishi umumiy energiyasini tavsiflovchi shartli oʻlcham; fanga 1940-yillarning boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va boshqa Gutenberglar tomonidan kiritilgan. Tebranish energiyasi logarifmiga toʻgʻri proporsional. Odatda, seysmograflar qayd qilgan tebranish davrining amplituda maksimumiga nisbatan aniqlanadi. M. tebranish manbaining energiyasi boʻyicha qiyoslashga imkon beradi. M.ning bir birlikka ortishi tebranish energiyasining yuz marta ortishiga muvofiq keladi. Maʼlum boʻlgan eng kuchli zilzilalar M.si 9 dan oshmaydi (taxminan 10".J" yoki 1026 erg ga muvofiq keladi). Ballarda hisoblanadigan zilzila kuchi yer yuzasida sodir boʻlgan larza va vayronagarchiliklar bilan baholanadi va u M.dan tashqari epitsentral zonadagi zilzila oʻchogʻining chuqurligi va geologik sharoitlariga ham bogʻliq. Zilzila oʻchogʻi chuqur boʻlmaganda vayronagarchilik epitsentrda 5 M.dayoq boshlanadi, agar zilzila oʻchogʻi bir necha yuz km chuqurlikda boʻlsa 7 M.da ham vayronagarchilik deyarli kuzatilmaydi. M. — 0 da kuchsiz tebranish boʻlib, epitsentr yaqinida oʻrnatilgan asbobgina qayd qila oladi; M. — 5 li zilzilada ozmoz buzilishlar boʻladi; M. — 7 da kuchli zilzila; M. — 8,5—8,9 da eng kuchli zilzila sodir boʻladi. M. < 25 xatolik bilan aniqlanadi. Yana q. Zilzila.
Zilzila magnitudasi zilzila paytida yuzaga keluvchi seysmik toʻlqinlar energiyasini sifatlovchi kattalikdir. 1935-yili Charles Richter tomonidan taklif etilgan. Zilzila magnitudasi 1 dan 9 gacha boʻlingan. Magnituda ballar bilan oʻlchanmaydi, bu boshqa shkala - zilzila intensivligi shkalasiga tegishlidir.
Zilzila magnitudasi logarifmikdir, masalan, 5,0 magnitudali zilzila 4,0 magnitudali zilziladan 10 marta katta amplitudali boʻladi.
Har yili Yerda taxminan:
Taqqoslash
AQSh geologik tadqiqotlariga koʻra
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org