Magnitostriksion materiallar




Magnitostriksion materiallar — magnitlanganda oʻz shakli va oʻlchamlarini oʻzgartirish (magnitostriksiya) xususiyatiga ega boʻlgan materiallar. Nikel, ferritning baʼzi turlari, temirnikel, temir-kobalt va temir-alyuminiy qotishmalari Magnitostriksion materiallar hisoblanadi. Temirnikel qotishmalarning magnit oʻtkazuvchanligi yuqori boʻladi. Ulardan ixcham kuch transformatorlarining oʻzaklari, magnit kuchaytirgichlar, kontaktsiz rele va boshqa tayyorlanadi. Temir-kobalt qotishmalarning magnitostriksiya xususiyatlari juda yuqori boʻladi. Ulardan kuchli magnitostriksiya oʻzgartirgichlarnint oʻzaklari va boshqa tayyorlanadi. Temir-alyuminiy qotishmalarning magnitostriksiya xususiyati yuqori boʻlishi bilan birga solishtirma elektr qarshiligi katta va mustahkam boʻladi. Ulardan ham magnitostriksion oʻzgartirgichlarning oʻzagi tayyorlanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz