MAGNITOLA



MAGNITOLA — magnitofon va radio-priyomnikli bir quti (korpus) ga birlashtirib ishlab chikariladigan radiotexnika apparati; tovushni qayta eshittiruvchi apparat va tovushni yozib oluvchi apparatning bir turi. Magnitolaning umumiy qismlari — past chastotali chiqish kuchaytirgichi, elektr bilan ta’minlash bloki va tovush karnaylari. Magnitoladan mustaqil magnitofon va radiopriyomnik sifatida foydalanish mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz