MAGNIT BARABAN



MAGNIT BARABAN – sirtiga magnit xossali qatlam qoplangan tsilindr shaklidagi qurilma. Elektr dvigatel, tsilindr, o’q, stanina (asos)dan iborat. Magnit barabanga axborotlar magnitik yozish usulida kiritiladi. Tsilindr aylanganda axborotlar uning aylanasi bo’ylab magnit qatlamga yo’lchalar tarzida yoziladi. Tsilindrning diametri 0,1-0,5 metr, uzunligi 0,3—0,7 metr bo’ladi. Magnit baraban electron hisoblash mashinalari (EHM)ning xotira qurilmalarida ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz