MAGNALIY — asosiy legirlovchi element magniy (1 — 3%) bo’lgan alyuminiy qotishmalari. Yaxshi payvandlanadi, korroziyabardoshligi (zanglashga chidamliligi) va plastikligi yuqori. Magnaliy kuyma va deformatsiyalanadigan list ko’rinishida ishlab chiqariladi. Kuyma Magnaliydan (Mg — 4 — 13%) shakldor quymalar quyishda foydalaniladi. Deformatsiyalanadigan (bolg’alanuvchan) Magnaliydan (Mg — 1 — 7%) sim va boshqa materiallar tayyorlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish