Magʻjan Jumabaev (tuman)
Magʻjan Jumabaev tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoli-sharqida joylashgan. Tuman maydoni 7,81 ming km². 2010-yili 1-yanvarda tuman aholisi 41,8 ming kishini tashkil qildi. Tuman aholisining zichligi 5,4 kishi/km². Tuman markazi Bulayev shahri 1893-yili tashkil topgan, 1969-yili shahar maqomini oldi. Bulayevdan viloyat markazigacha oraliq masofa 106 kilometr. Shimoli-sharqiy tomonidan Rossiyaning Omsk va Tumen viloyatlari bilan, gʻarbidan - Oqqayin va Qiziljar, janubidan - Tayinsha va Aqjar tumanilari bilan chegaradosh.
Tarixi
Tuman 1928-yilda tashkil topdi. 1997-yili Vozvishen tumani bilan qoʻshib yuborildi. 2000-yil Bulayev tumani Magʻjan Jumabaev nomi bilan qayta nomlandi.
Aholisi
Tuman aholisi 2010-yili 1-yanvarda 41 789 kishini tashkil qildi.
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):
Manbalar
uz.wikipedia.org