Magellan bulutlari




Magellan bulutlari - galaktikamiz "Somon Yoʻli"ning tabiiy yoʻldoshlari; bizga eng yaqin boʻlgan qoʻshni ikkita (katta va kichik) galaktika. Ular tuzilishi boʻyicha notoʻgʻri galaktikalar sinfiga kirib, fizik qoʻshaloq sistema hisoblanadi. Osmonning Janubiy yarim sharida kuzatilib, kattasining koʻrinma oʻlchami Oydan =10-marta, kichiginiki esa <= 5-marta katta. F. Magellanning okeanlar boʻylab sayohati daftarida tasvirlangan va uning nomini abadiylashtirish maqsadida shunday atalgan. Dastlab, ular Kap bulutlari deb nomlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz