Magdeburg




Magdeburg — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 239,4 ming kishi (1998). Magdeburg va avtomobil yoʻllari tuguni, Elba daryosidagi port. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-transport markazlaridan. Ogʻir mashinasozlikning yirik markazi. M.da umumiy mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, priborsozlik, daryo kemasozligi rivojlangan. Shuningdek, kimyo, kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, tikuvchilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. M. — mamlakatning madaniy markazlaridan: milliy teatr, Yangi shahar teatri (1876) madaniytarixiy muzey, roman cherkovi (11 — 13-asrlar), gotika sobori (13— 16-asrlar) va boshqa bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 805 yilda tilga olingan. 968 yildan Magdeburg arxiyepiskopligi markazi, Ganzanyant muhim shaharlaridan hisoblanadi.

Magdeburg Germaniyaning Saksoniya-Anhalt yerida joylashgan aholi punktidir. Maydoni — 200,95 km. 231525 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).

Geografiyasi



Hududi



Magdeburgning hududi 201,01[2][3] kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha 55 m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz