Magazin (oʻlchov)




Magazin — 1) oʻlchovlar M. i — maʼlum aniqlikdagi maxsus tanlangan va elektr kattaliklarning umumiy oʻlchovlar korpusiga joylashtirilgan komplekt. Qarshiliklar M. i (izolyasiyalangan manganin simli gʻaltak), sigʻimlar M. i (elektr kondensatorlar), induktivlik M. i (induktivlik gʻaltaklari) keng qoʻllaniladi. M.ni oʻlchash sxemasiga kiritib va kerakli kombinatsiyada ulab, sxemada yuqori aniklikdagi elektr kattalik rostlanadi; oʻlchovlar Magazin (oʻlchov) oʻlchash sxemalaridagi qarshilik, sigʻim va induktivlikni oʻzgartirish yoki rostlash uchun lab. va sexlarda ishlatiladi; 2) mashina, mexanizm, avtomat stanoklardagi bir xil elementlar turadigan quti. Masalan, fotoapparat M. i; 3) bosmaxona shriftlari turadigan moslama (harflar M. i); 4) avtomat qurollar (pistolet, pulemyot va boshqalar) da patronlarni joylashtirish uchun xizmat qiladigan kuti, disk, baraban yoki moslama.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz