Mae Jemison




Mae Jemison (talaffuzi: Mey Jemisin 1956-yil 17-oktyabrda tug'ilgan) - amerikalik muhandis, shifokor va sobiq NASA astronavti. U Space Shuttle kemasida missiya mutaxassisi sifatida xizmat qilgan. U koinotga chiqqan birinchi qora tanli ayol hisoblanadi. Jemison 1987-yilda NASA astronavtlar korpusiga qo'shildi va STS-47 missiyasida ishtirok etish uchun tanlandi. U 1992-yil 12-20-sentyabr kunlari deyarli sakkiz kun davomida Yer atrofini aylanib chiqdi.

Mae Jemison Alabamada tug'ilgan. Chikagoda o'sib ulg'aygan. U Stenford universitetini kimyo muhandisligi bo'yicha bitirgan. Keyin u Kornel universitetida tibbiyot yo'nalishida tahsil olgan. Jemison 1983-yildan 1985-yilgacha Liberiya va Syerra Leonedagi Tinchlik Korpusida umumiy amaliyot shifokori bo'lib ishlagan.

Jemison 1993-yilda NASAni tark etdi va texnologiya tadqiqot kompaniyasiga asos soldi. Keyinchalik u notijorat ta'lim jamg'armasini tuzdi. Jamg'arma orqali DARPA tomonidan moliyalashtirilgan 100 yillik Starship loyihasining direktori bo'ldi. Jemison, shuningdek, bolalar uchun bir nechta kitoblar yozgan. U bir nechta faxriy doktorlik unvonlariga ega. U Milliy ayollar shon-sharaf zaliga va Xalqaro kosmik shon-sharaf zaliga kiritilgan.

Erta hayot va ta'lim



Jemison 1956-yil 17-oktyabrda Alabama shtatining Dekatur shahrida tug‘ilgan. Uning otasi xayriya tashkilotida texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha nazoratchi bo'lgan. Onasi o'z faoliyatining katta qismini Chikagodagi ( Illinoys shtati ) Lyudvig van Betxoven boshlang'ich maktabida ingliz va matematika o'qituvchisi sifatida o'tkazgan. Oila dastlab Vudlounda, keyinroq Morgan Park mahallalarida yashagan. Jemison yoshligidanoq ilm-fanni yaxshi o'rganib, kelajakda kosmosga uchishni orzu qilar edi.

Jemison tabiat va inson fiziologiyasini o'rganishni yoqtirar edi. Onasi uning fanga qiziqishini qo'llab-quvvatlagan. Jemison bolalar bog'chasi o'qituvchisiga katta bo'lganida olim bo'lishni aytgan. Lekin o'qituvchi uni hamshira bo'lishni taxmin qilgan.

Tibbiy martaba



Jemison Kornel tibbiyot maktabida tahsil oldi. O'qish davomida Amerika Tibbiyot talabalari uyushmasi tomonidan moliyalashtirilgan tadqiqotlarda Kuba va Tailanda amaliyot o'tadi. U yerda Kambodja qochqinlar lagerida ishladi. U Sharqiy Afrikada joylashgan Flying Doctors kompaniyasida ham ishlagan. Korneldagi yillar davomida Jemison Alvin Ailey Amerika raqs teatri darslariga yozilib, raqsni o'rganishni davom ettirdi. 1981-yilda tibbiyot fanlari doktori darajasini olgandan so'ng, u 1982-yilda Los-Anjeles okrugi-USC tibbiyot markazida stajirovka o'tadi. Tibbiyot guruhida umumiy amaliyot shifokori bo'lib ishladi.

Jemison 1983-yilda Tinchlik korpusi guruhiga qo'shildi va 1985-yilgacha tibbiyot xodimi sifatida faoliyat olib bordi. U Liberiya va Syerra-Leoneda xizmat qilayotgan Tinchlik Korpusi ko'ngillilarining salomatligi uchun mas'ul edi. Jemison Tinchlik Korpusida dorixona, laboratoriya hamda tibbiyot xodimlarini boshqargan. Shuningdek, tibbiy yordam ko'rsatish, o'z-o'zini parvarish qilish bo'yicha qo'llanmalar yozib, sog'liq va xavfsizlik masalalari bo'yicha ko'rsatmalarni ishlab chiqqan hamda ularni amalga oshirishni nazorat qilgan. Shuningdek, u turli vaktsinalar bo'yicha tadqiqotlar olib boradigan, Kasalliklarni nazorat qilish markazlari bilan ishlagan.

Jemison Tinchlik korpusida xizmat qilib, AQShga qaytib keldi va Los-Anjelesga ( Kaliforniya ) joylashdi. Los-Anjelesda u xususiy amaliyotlarda qatnashdi va magistratura darajasidagi muhandislik kurslarida o'qidi. 1983-yilda Sally Ride va Guion Blufordning parvozlari Jemisonni astronavtlar dasturiga qo'shilishiga turtki bo'ldi. Jemison 1985-yil oktyabr oyida NASA astronavtlarni tayyorlash dasturiga ariza topshirdi, biroq 1986-yildagi Space Shuttle halokatidan keyin NASA yangi nomzodlarni tanlashni keyinroqqa qoldirdi. Jemison 1987-yilda yana ariza topshirdi va 2000 ga yaqin da'vogarlar orasidan tanlab olindi. Jemison NASA Astronavtlar guruhi 12 dagi o'n besh kishidan biri edi. Ular Challenger falokatidan keyin birinchi guruh sifatida tanlandi[7]. Associated Press gazetasi uni 1987-yilda "birinchi qora tanli astronavt ayol " sifatida yoritgan. CBS Jemisonni 1989-yilda Phylicia Rashad va Robb Weller tomonidan uyushtirilgan Best Catches televizion dasturda mamlakatning "eng munosib insonl" sifatida namoyish etdi.

STS-47




Jemison o'zining yagona kosmik parvozini1992-yil 12-sentyabrdan 20-sentyabrgacha STS-47da Qo'shma Shtatlar va Yaponiya o'rtasidagi hamkorlik missiyasida o'tadi. Jemison kosmosda 190 soat, 30 daqiqa, 23 soniyani bosib o'tdi va yerni 127 marta ayladi. U xalqaro uchuvchi litsenziyasiga ega birinchi afro-amerikalik hisoblanadi.

STS-47 Amerika Qo'shma Shtatlari va Yaponiya o'rtasidagi hamkorlik missiyasi bo'lib, Spacelab Japan modulini orbitaga olib chiqdi. Bu missiya Yaponiya va Amerika Qo'shma Shtatlari tajribalarini o'z ichiga oladi. Jemison va yaponiyalik astronavt Mamoru Mohri Patricia S. Cowings tomonidan ishlab chiqilgan Autogen Feedback Training Exercise (AFTE) texnikasidan foydalanishga o'rgatildi.

Spacelab Japan moduli bortida Jemison Sterimatics korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan uskunalar to'plamini sinovdan o'tkazdi. Jemison, shuningdek, suyak hujayralarini o'rganish bo'yicha ikkita tajriba muallifi bo'lgan.

NASAdan iste'foga chiqish



Yerga qaytganidan so'ng, Jemison o'z kompaniyasini ochish niyatida 1993-yil mart oyida NASAdan iste'foga chiqdi.

Kitoblar



Jemisonning birinchi kitobi "Shamol qayerga ketayotganini top" (2001) uning hayoti haqida so'zlaydi. U kitobda o'zining bolaligi, kosmonavt sifatida o'tkazgan vaqtlarini tasvirlaydi.

Uning 2013-yilda to‘rtta kitobdan iborat “Haqiqiy kitob ” turkumi, nashr etildi.

1999-yildan 2005-yilgacha Jemison Kornel universitetida professor lavozimida faoliyat olib bordi.

Faxr va mukofotlar




Institutlar




Faxriy doktorlik unvonlari




Nashrlar




Yana qarang




Qo'shimcha o'qish




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz