Madumar Hofiz




Madumar hofiz (1850 - Isfara — 1930) — xonanda. Keng diapazonli, kuchli va baland ovoz sohibi. Koʻqon ijrochilik maktabi anʼanalarining rivoj topishiga hissa qoʻshgan. Koʻproq "Segoh", "Bayot" (taronalari bilan), "Shahnozi Gulyor", "Chapandoz", "Ush-shoq", "Dugohi Husayniy" (taronalari bilan) kabi Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, "Ilgʻor", "Suvora", "Bir kelib ketsun", "Adashganman", "Ohkim", "Quling" singari ashula va katta ashulalarni mahorat bilan ijro etgan. Muqimiy "Sayohatnoma"sida Madumar hofizning isteʼdodli, benazir xonandaligi madh etilgan. Toʻychi hofiz, Hamroqul qori, Yu. Rajabiy singari hofizlar Madumar hofizning shogirdlaridir.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz