Mads Albeyik
Mads Albæk (talaffuzi: Mads Albeyik; 1990-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — Daniyalik professional futbolchi, SønderjyskE klubi yarim himoyachisi. Albæk 21 yoshgacha boʻlgan Daniya terma jamoasida oʻynagan.
Yoshlikdagi faoliyati
Roskilde shahrida tugʻilgan Albæk futbolchilik faoliyatini Zelandiyaning kichik klubi Gadstrup IFda boshlagan. 11 yoshida Herfølge Boldklubda oʻynashni boshladi. Herfølge yoshlar jamoasida oʻynayotgan paytlarida, Albæk Gollandiyaning SC Heerenveen klubida sinovdan oʻtgan. Mads isteʼdodini Daniya Superliga vakili Midtjyllandda koʻrsatdi.
Klublardagi faoliyati
FK Midtjylland
Albæk oʻzining birinchi professional shartnomasini 2008-yil yanvar oyida imzoladi va doimiy ravishda asosiy jamoa tarkibida oʻynadi. 2008-yilning yozida Albæk tizzasidagi jarohatlaridan aziyat chekdi va natijada operatsiya qilindi. 2009-yilning fevral oyida Esbjerg fBga qarshi oʻyinda debyut qildi va toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. Albæk 2010-yilning mart oyida shartnomasini 2014-yilning yozigacha uzaytirdi. Mads yosh boʻlishiga qaramay joriy mavsumda 28 ta oʻyin oʻtkazdi.
Mads Midtjylland tarkibida asosiy futbolchi sifatida oʻynagan. Albæk 2012—2013-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shartnoma tugashiga bir yil qolganida, 2013-yilning yozida klubni tark etdi.
Reims
Albækning tanlovlarida bir nechta klublari bor edi, ammo 2013-yilning yozida Fransiyaning Stad de Reims jamoasiga oʻtishga qaror qildi.
Mads klubdagi debyutini 2013-yil 17-avgustda o‘tkazdi. 7-daqiqada gol urdi va jamoasi Lillga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Biroq, mavsumning qolgan qismida unchalik yaxshi oʻynay olmadi. Mads liganing 27 oʻyinida atigi ikkita gol urdi.
Albæk 2014-yil oktyabr oyida oshqozon jarohatidan aziyat chekdi, natijada dekabr oyida operatsiya oʻtkazildi va kasallik bir necha oy futbol oʻynashidan toʻsdi. 2015-yilning aprel oyida bu jarohatdan qaytdi.
IFK Göteborg
2015-yilning avgust oyida Albæk Shvetsiyaning IFK Göteborg jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Klubdagi birinchi oʻyinini 5 kundan keyin BK Hackenga qarshi oʻtkazdi.
Shvetsiya matbuotiga koʻra, IFK Göteborg 2017-yil yanvar oyida MLS klubi Toronto FKning Albæk boʻyicha taklifini rad etgan
Xalqaro faoliyati
Albæk turli milliy yoshlar jamoalarida oʻynagan va Arla U17 yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan.
Yutuqlari
SønderjyskE Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org