Madrid (stad)




Madrid — Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Mamlakatning asosiy siyosiy, iktisodiy va madaniy markazi. Mansanares daryosi (Taxo havzasi) boʻyida, Meseta platosida, 650 m balandlikda joylashgan. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4,9°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 420 mm. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 2,8 mln. kishi (1998).

M. ilk bor qoʻlyozmalarda 932 yilda qayd etilgan.M. oʻrnida Yu-asraa mavr-ush/jing Majirit nomli qalʼasi boʻlgan. 1083-yilda arablardan ozod etilgan va 1118-yildan erkin shahar huquqi berilgan. 14—15-asrlarda Kastiliya qirollari qarorgohi. 1561-yildan Ispaniyaning rasmiy poytaxti.

M. va uning atrofidagi korxonalar mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotning 1/10 qismini beradi. Shahar sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, lokomotivsozlik), elektrotexnika (optika priborlari, radiotexnika va telefon jihozlari, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqarish). Kime (jumladan, plastmassa ishlab chiqarish), qurilish materiallari, poligrafiya, kimyo-farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, farfor-fayans va boshqa sa-noat korxonalari bor. Badiiy xunarmandchilik (kashta tikish, toʻr toʻqish, zargarlik buyumlari tayyorlash va boshqalar) rivojlangan. M.da yirik korxonalar boshqarmasi, banklar, sugʻurta kompaniyalari, savdo firmalari va birjalar joylashgan. M. — xalqaro turizm markazlaridan. Untlar, Mariya Kristina qirollik kollegiumi, konservatoriya, sanʼatshunoslik va boshqa oʻquv mu-assasalari, Qirollik akademiyasi, ilmiy tadqiqot institutlari, astronomiya rasadxonasi, botanika bogʻi, kutubxonalar, Prado muzeyi, Milliy arxeologiya, sanʼat va boshqa muzeylar bor. Metropoliten qurilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan yepiskop ka-pellasi (1520), Pla sa Mayor ansambli (1619), Kirol saroyi (1738—64), cherkovlar, ratusha (17—18-asrlar) va boshqa saqlangan.

Tarixi




Arxeologik izlanishlar Mansanares daryosining qirg'og'ida so'nggi paleolit davriga (tahminan 100 ming yil oldin) oid insoniyat izlari borligini isbotlab berdi. Madrid ilk bor solnomalarda eslanadi. Aytishlaricha shaharni Kordobaning amiri Muhammad I leonlar va kastillardan himoya qilgan.
Shahar ilk bor Madjirit nomi bilan, milodiy 932-yilda atalgan.

Geografiyasi




Iqlimi




Hududiy boʻlinishi




Shahar tumanlari

Iqtisodiyoyi




Madaniyati




Bayramlari




Hamdoʻstlik shaharlari




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz