Madrasai Oliy (Qarshi)




Madrasai Oliy (Oliy madrasa) — Qarshida saqlanib qolmagan 2 qavatli madrasa. 1802—1803-yillarda oʻzbek hukmdori Amir Haydar donatorligida Buxoro amirligi Qarshi shahrining qadim qoʻrgʻoni ichkarisida bunyod etilgan.

Tarixi



1802—1803-yillarda Amir Haydar Qarshi shahrining qadim qoʻrgʻoni ichkarisida joylashgan Katta Jomeʼ masjidining (Masjidi Kalonning) orqa tarafdan roʻparasida 2 qavatli va 21 hujradan iborat boʻlgan madrasa barpo ettirgan.

Muftiylar aʼlami dars oʻtgan Madrasai Oliyga Qarshi viloyatidagi bir qancha yerlar vaqf qilib berilgan. Madrasa boy vaqf mulkiga ega boʻlgan. Oliy madrasaning vaqfnomasi va madrasa faoliyatiga doir koʻplab hujjatlar saqlanib qolgan.

Madrasa masjid, darsxona, kutubxona hamda 2 qavatdan iborat 21 ta hujradan tashkil topgan. Uning darvozaxonasi tepasida chiroyli gumbaz va uning ikki tarafida ixcham guldasta minoralari boʻlgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz