Madoiniy




Madoiniy (to‘liq ismi: Abulxasan Ali ibn Muhammad al – Madoiniy; 753 – taxm. 830) – yirik arab tarixchisi; Arabiston, Xuroson hamda O‘rta Osiyoning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga tegishli muhim ma’lumotlar keltirilgan. “Axbor ul-xulafo” (“Xalifalar haqida xabarlar”), “Kitob ul-mag‘oziy” (“ (Harbiy) yurishlar haqida kitob”), “Kitob futuh ash-Shom” (“Shomning fath etilishi”), “Tarix al-buldon” (“Mamlakatlar tarixi”), “Axbor ash-shuaro” (“Shoirlar haqida xabarlar”) va b.q. asarlar muallifi. Bulardan “Kitob al-mag‘oziy” hamda Xuroson hokimlari Asad ibn Abdulloh (725-727; 735-738 y.) va Nasr ibn Sayyor (738-748) ga bag‘ishlangan kitoblari Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyoning arablar

istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bo‘yicha qimmatli manba hisoblanadi.

Biroq, al-Madoiniyning asarlari bizning zamonimizgacha yetib kelmagan. Ulardan ayrim parchalar Balazuriy va Tabariy  kitoblarida saqlanib qolgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz