Madiyar Saydraximov
Madiyar Nadiyar Oʻgʻli Saydraximov – (1997-yilda Toshkent viloyati, Gʻazalkent tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston) — oʻzbek havaskor bokschisi, oʻrta va birinchi ogʻir vazn toifalarida ishtirok etadi.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi, Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2021-y), Jahon harbiy oʻyinlari chempioni (2019-y), havaskorlar oʻrtasidagi xalqaro va respublika turnirlarining koʻp karra gʻolibi va sovrindori.
„Boks ligasi Qit’alararo kubok“ sohibi (2022-y).
Tarjimai holi
Madiyar Saidrahimov 1997-yil Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahrida tugʻilgan. U qozoq millatiga mansub.
Havaskorlik faoliyati
2017-2018-yillarda Butunjahon boks seriyasi yarim professional ligasida oʻrta vaznda „Uzbek Tigers“ jamoasi sharafini himoya qilgan. Madiyar rossiyalik Pavel Silyagin va mashhur kubalik Xulio Sezar La Kruzdan ochkolar boʻyicha ikkita magʻlubiyatga uchragan.
2021-2022-yillar
Oktabr oyi oxirida – ya’ni 2021-yil noyabr oyining boshida Belgradda (Serbiya) 92 kg vazn toifasida jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan.
1/16 finalda belaruslik tajribali sportchi Vladislav Smyaglikovni ochkolar boʻyicha, 1/8 finalda qozogʻistonlik Aybek Oralbayni, chorak finalda angliyalik Lyuis Uilyamsni ochkolar boʻyicha magʻlubiyatga uchratgan ammo yarim finalda yana kubalik bokschi Xulio Sezar La Kruzga ochkolar boʻyicha magʻlub boʻlgan.
2022-yil fevral oyida u ruslarning nufuzli „Strandja“ xalqaro turnirida 92 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida gʻolib boʻlgan. Sofiyada (Bolgariya) boʻlib oʻtgan finalda bolgariyalik tajribali bokschi Radoslav Pantaleyevni ochkolar boʻyicha ortda qoldirgan.
Professionalik faoliyati
2017-yilning 14-oktabr kuni Kuala-Lumpurda (Malayziya) latviyalik Roman Seredyukni (1:0) yengib, hakamlarning bir ovozdan bergan (39-37, 40-36 – ikki marta) qarori bilan professional ringdagi debyutini oʻtkazgan.
Madiyar 2022-yil iyun oyida Osiyo terma jamoasi tarkibida Moskvada „Liga Stavok“ bukmekerlik kompaniyasi va „Birinchi kanal“ telekanali tomonidan tashkil etilgan „Boks ligasi Qit’alararo kubogi“ tijoriy jamoasi finalchisi boʻlgan. Kubok yarim professional qoidalar boʻyicha oʻtkazilgan: 4 raundlik janglar professional qoidalar boʻyicha, ammo yumshoq havaskor boks qoʻlqoplarida boʻlib oʻtgan.
Saidrahimov ushbu kubokning barcha – toʻrtta turnirida 90 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib, Afrika va Amerika terma jamoalari bokschilarini magʻlubiyatga uchratgan, biroq ikki marta finalda rossiyalik tajribali havaskor bokschi Muslim Gajimagomedovga muddatidan avval yutqazgan.
Professional janglar statistikasi
1 jang, 1 gʻalaba (0 nokaut bilan) .
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org