Madison Lintz
Madison Lintz (1999-yil 11-mayda tugʻilgan) - "AMC" post-apokaliptik teleseriali "The Walking Dead"dagi Sophiya Peletier roli va "Amazon"ning "Bosch" serialidagi Maddie Bosch rollari bilan tanilgan amerikalik aktrisa.
Faoliyati
Madison Lintz olti yoshida reklama roliklari va ovozli filmlarda suratga tushishdan boshlagan edi.
U AMC ning "The Walking Dead" post-apokaliptik seriyasining dastlabki ikki mavsumida Carol Peletierning qizi "Sophiya" rolini o'ynadi. U "Nashville and It's Supernatural" teleserialida suratga tushgan. Lintz 2015-yildan, 2021-yilda tugaguniga qadar, Amazonning "Bosch" serialida Maddie Boschning rolini oʻynagan va fil qahramoni Garri Boschning qizini tasvirlagan. Lintz 2022-yil 6-mayda "Amazon Freevee"da premyerasi boʻlib oʻtgan “Bosch: Legacy” spin-off serialida oʻzining eski rolini ijro etishni davom ettirgan.
U "Nyubourne County" filmida (2011) va 2012-yilda ikki filmda, "Parental Guidance"(ota-ona hidoyat), va "After"(Keyin)larda ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti
Lintz 1999-yil 11-mayda “We're the Millers"(Biz Tegirmonchilarmiz) filmida rol oʻynagan aktrisa Kelly Collinz Lintz va koʻchmas mulk agenti Mark Lintz oilasida tugʻilgan. Lintzning uchta akasining ismlari - Mackenzie, Matt va Macsen. Uning akalari ikkalasi ham “The Walking Dead”da Carolning asrab olingan oʻgʻli Henry sifatida paydo boʻlgan. Macsen 2016-yildan 2018-yilgacha Henryning yoshik davrini o'ynagan, va Matt 2018-yildan 2019-yilgacha Henryning o'smirlik davri rolini o'ynagan edi. 2012-yilda Lintz oilasi bilan Jorjiya shtatining Alfaretta shahrida yashagan va uyda ta'lim olgan. Keyinchalik u Xristian Akademiyasida tahsil oldi.
Filmografiyaai
Mukofotlar va nominatsiyalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org