Madison Beer
Madison Elle Beer (talaffuzi: Medison El Bir; 5-mart 1999-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir. New Yorkda tugʻilgan Beer 2012-yilning boshlarida turli qoʻshiqchilarning kaverlar versiyalarini ijro etib, ularni YouTubega joylay boshlaydi. Justin Bieber oʻzining Twitter hisobida Beerning kaverlaridan biriga havola beradi, buning ortidan esa Beer ijtimoiy mediada keng yoritildi. U 2013-yili oʻzining ilk ashulasi boʻlmish „Melodies“ni ommaga havola etdi.
2018-yili Beer oʻzining As She Pleases nomli ilk mini-albomini chiqardi. Albom „Dead“ va „Home with You“ singllarini oʻz ichiga olib, ashulalarning ikkisi ham oltin sertifikatini qoʻlga kiritdi. Kelasi yili Beer Epic Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi, keyinchalik esa, yaʼni 2021-yilda ilk studiyaviy albomi — Life Supportni ommaga taqdim etdi. Albom „Selfish“ ashulasi kabi TikTok ilovasida trendga chiqqan bir nechta qoʻshiqlarni oʻz ichiga olib, Beerga oltin sertifikatini olib keldi.
Oʻzining yakkaxon artist oʻlaroq ijodidan tashqari, Beer League of Legends videooʻyinidagi virtual musiqiy guruh — K/DA tarkibidagi Evelynn personajiga ovoz berdi. Guruh aʼzosi oʻlaroq umumjahon boʻylab chartlarda yuqori pogʻonalarni band etgan „Pop/Stars“ (2018) va „More“ (2020) singllarini chiqardi. U, shuningdek, Todrick (2015) va RuPaulʻs Drag Race (2020) teleseriallarida hamda Louder Than Words (2013) filmida suratga tushdi.
Diskografiyasi
Turnelari
Filmografiyasi
Aktrisa/boshlovchi sifatida
Ijrochi sifatida
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org