Madison Bailey




Madison Lilly Bailey  — amerikalik aktrisa va model. U Netflix oʻsmirlar uchun „ Outer Banks“ serialida (2020-yildan hozirgi kungacha) Kiara „Kie“ Carrera rolini oʻynaydi.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]
Beyli dastlab qoʻshiqchi boʻlishni xohlagan, lekin 15 yoshida odamlar oldida qoʻshiq kuylayotganda sahna oldidagi qoʻrquvi tufayli koʻp aziyat ckekkan. Shu voqeadan soʻng u aktyorlik va modellikka oʻtgan. U oʻzining professional aktyorlik faoliyatini 2015-yilda boshlagan va ilk bor "Janob Mersedes va Konstantin" serialida suratga tushgan. 2018-yilda u CW ilmiy-fantastik teleserialida havoni boshqarish qobiliyatiga ega Vendi Ernandes yaʼni o‘smir metahuman rolini o‘ynadi va u ikki mavsum davomida o‘ynadi.

2020-yildan beri u Netflix „ Outer Banks“ dramasida sirli Kiara „Kie“ Karrera rolini o‘ynadi.

Shaxsiy hayoti



Beyli Shimoliy Karolina shtatining Kernersvill shahrida tugʻilgan va Kernersvilda farzand asrab oluvchilar tomonidan tarbiyalangan. Uning oltita katta akasi bor, ulardan besh nafari ham homiylik orqali asrab olingan. U aralash irqli va qora tanli boʻlib, asosan oq tanlilar oilasida va jamiyatda oʻsganligi haqida ochiq gapirgan. Uning onasi 2018-yilda vafot etgan; u va uning ikki singlisi uning xotirasi sharafiga tatirovka qilishdi. Beyli Kernersvildagi Sharqiy Forsit oʻrta maktabida oʻqidi.

Beyliga 18 yoshida chegaradosh shaxsiyat buzilishi tashxisi qoʻyilgan

Beyli 2017-yilda panseksual sifatida chiqdi, ammo bu maʼlumot 2020-yilda Shimoliy Karolina universiteti basketbolchisi Mariya Linni bilan munosabatlarini eʼlon qilganida koʻproq maʼlum boʻldi.

U oʻziga qarab yurishni va boʻyanishni yoqtiradi va Fenty Beauty uchun reklama kampaniyalarida ishladi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz