Madisen Beaty
Madisen Beaty (28-fevral, 1995-yil, Centennial, Colorado, Qoʻshma Shtatlar) — amerikalik aktrisa va DJ. Aktrisa sifatida u The Curious Case of Benjamin Button" (2008) filmidagi Daisy Fuller, The Master filmidagi Doris Solstad (2012), „Other People“ filmidagi Rebeccah Mulcahey (2016), „ABC Family“ serialidagi Talya Banks rolo Fosters (2013—2018), The Magicians dagi Iris (2018—2019) va "Aquarius „dagi Patricia Krenwinkel (2015—2016) va “Bir paytlar Hollywoodda" (2019)filmlaridagi rollari bilan ommaga tanilgan.
Hayoti va faoliyati
Beaty Colorado shtatining Centennial shahrida tugʻilgan. Aktrisa 2008-yilda "The Curious Case of Benjamin Button" dramatik filmida Daisy Fuller rolini oʻynagan holda oʻzining badiiy filmdagi debyutini amalga oshiradi. U 2010-yilda Thora Birch bilan birga bosh rolni ijro etgan The Pregnancy Pact filmida Sara Dougan rolini tasvirlagan. Keyinchalik, u mehmon aktrisa sifatida iCarlyning „IWas a pageant Girl“ epizodida Leslie rolini oʻynaudi hamda NCISning „Dead Air“ epizodida Kristin Haskell rolini gavdalantiradi. Oxirgi koʻrinishi uchun u teleserialdagi eng yaxshi ijro nominatsiyasida „Young Artist Award“ mukofotini qoʻlga kiritadi.
2012-yilda u Pol Thomas Anderson filmi The Masterda Doris Solstad rolini Philipp Seymour Hoffman, Joaquin Phoenix va Amy Adams>lar bilan ijro etadi. 2015-yil noyabr oyida Beaty NBC telekanalining „Aquarius“ dramatik serialining ikkinchi faslida Patricia Krenwinkel rolini oʻynash maqsadida oddiy rolga kiritilgani eʼlon qilinadi. 2016-yilda u Chad Michael Murray va Lukw Wilson bilan birga „Outlaws and Angels“ trillerida rol ijro etadi. 2018-yilda u Syfyning „The Magicians“ serialida maʼbuda Iris rolini gavdalantiradi. 2019-yilda Beaty Krenwinkelning boshqa versiyasini Quentin Tarantinoning „Bir paytlar Hollywoodda“ filmida ijro etgan.
Beasy DJ sifatida „MASEN BAY“ taxallusi ostida faoliyat olib boradi. U Los Angeles, Californianing The Skybar, Bar Lubitsch, The Friend va boshqalar kabi mashhur joylarida DJlik qilgan.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org