Madhya-Pradesh




Madhya-pradesh - Hindistonning markaziy qismidagi shtat. Maydoni 308 ming km². Aholisi 60,4 mln. kishi (2001); 90% aholisi hind tili va unga yaqin tillarda, qolgan qismi marathi va rojastoni kabi tillarda soʻzlashadi. Maʼmuriy markazi — Bhopal shahri

Madhya-pradesh hududi miloddan avvalgi 3—2-asrlarda Mauriyalar kuldorlik davlati tarkibida boʻlgan. Mil. boshlaridan 14-asrgacha bir qancha davlatlar, 15-asrda Bahmaniy sultonligi viloyati edi. 16-asr oxirlaridan Boburiylar qoʻl ostiga oʻtdi. 1818-yilda Ost-Indiya kompaniyasi egalladi. 1956-yildan Hindiston shtati. 2000-yil noyabr oyida yangi Chxattisgarx shtatini tuzish maqsadida Madhya-pradesh xududining bir qismi ajratib olindi.

Shtatning yer yuzasi yassitogʻlik va past togʻlardan iborat. Eng baland joyi 1353 m. Shimoliy qismi Hind-Gang tekisligiga tutashgan. Iqlimi tropik, mussonli ikdim, shim.-gʻarbida quruq, jan. va jan.-sharqida sernam. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 17—24°, iyulniki 27—29°. Yillik yogʻin 700–1600 mm. Daryolari serostona; eng yirik daryosi — Narbada. Shtat hududining 1/3 qismi oʻrmon, tik, sal kabi qimmatbaho yogʻochli daraxtlar usadi.

Madhya-pradesh sanoati tez rivojlanayotgan agrar shtat. Aholisining 75% qishloq xoʻjaligida band. Asosan, tariq, bugʻdoy, sholi, paxta, moyli oʻsimliklar ekiladi. Ipak qurti boqiladi. Madhya-pradeshda marganets va temir rudalari, boksit, kumir, oʻtga chidamli gil qazib olinadi. Pannada mamlakatda yagona olmos koni mavjud. Issiklik elektr stansiyalari bor. Ishlab beruvchi sanoatining qad. va asosiy tarmogʻi — ipgazlama sanoati. Shuningdek, metallurgiya, neft kimyosi, elektronika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, yirik qogʻoz fabrikasi, oyna-keramika, sement, asbest-beton zavodlari bor. Hunarmandchilikda mato, oʻymakorlik buyumlari tayyorlanadi. Shtat xududidan yirik shosse yoʻllar va Hindiston shim.ni uning jan. qismi bilan bogʻlovchi temir yoʻl oʻtgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz