Madger Gomes
Madger Antonio Gomes Ajú (talaffuzi: Madjer Antoniyo Gomesh Aju) (1997-yil 1-fevralda tugʻilgan) — ispaniyalik futbolchi. Madger Gomes „Crewe Alexandra“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Madger Gomes, shuningdek, Ispaniyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasini xalqaro miqyosda himoya qilgan.
Madger Gomes asosan, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, lekin qanot himoyachisi yoki himoyachi sifatida ham oʻynay oladi.
Klublardagi oʻyin faliyati
Dastlabki yillardagi oʻyin faoliyati
Madger Gomes 2013-yilda, 16 yoshida, „Villarreal B“ futbol klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazgan. Madger Gomes 2014-yilning yozida „Villarreal“ futbol klubidan „Liverpool“ futbol klubi safiga oʻtgan edi. „Liverpool“ futbol klubi safida asosiy tarkibga kiritilmaganidan soʻng, 2017-yilda Madger Gomes klubni tark etdi.
Leeds United
Madger Gomes 2017-yil 27-iyun kuni „Leeds United“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 9-avgustida Madger Gomes klub safida „Port Vale“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi.
Sochaux
2018-yilning 11-iyunida Madger Gomes nomaʼlum toʻlov evaziga „Leeds United“ klubidan Fransiyaning „Sochaux“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi.
NK Istra 1961
2019-yil yanvar oyida Madger Gomes „NK Istra 1961“ futbol jamoasi safiga qoʻshildi.
Doncaster Rovers
2019-yil 20-iyun kuni Madger Gomes Angliyaning „Doncaster Rovers“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Madger Gomes „Doncaster“ klubidagi birinchi mavsumida 29 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Crewe Alexandra
2021-yil 4-sentyabrda Madger Gomes erkin agent sifatida Ispaniya Birinchi ligasi vakili „Crewe Alexandra“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Madger Gomes Ispaniyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasi safida Ispaniya sharafini xalqaro miqyosda himoya qiladi. Madger Gomes, shuningdek, Gvineya-Bisau milliy futbol terma jamoasida ham ishtirok etishi mumkin.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org