Madge Evans




Madge Evans (1909-yil 1-iyul – 1981-yil 26-aprel) amerikalik teatr va kino aktrisasi. U oʻz faoliyatini bolalar aktrisasi va model sifatida boshlagan.

Hayoti



Manxettenda tugʻilgan Madge Evans ikki yoshida „ Procter & Gamble“ reklamasida suratga tushgan. Yoshligida Robert Uorvik, Xolbruk Blinn va Genri Xall bilan birga katta boʻlgan. U toʻrt yoshida Uilyam A. Bredi tomonidan ishlab chiqilgan bir qator bolalar oʻyinlarida ishtirok etgan. U Nyu-Yorkdagi Long-Aylenddagi eski kinostudiyada ishlagan. Evans oʻsha paytda 16 yoshli Anita Styuart bilan Anheuser-Busch pivo ishlab chiqarish kompaniyasi reklamasi uchun suratga tushgan.

1917-yilda 8 yoshida Evans Jon Barrimor, Konstans Kolyer va Laura Hope bilan Piter Ibbetsonning spektaklida rol oʻynagan. Uning spektakllardagi eng yaxshi ishlaridan baʼzilari „ Dread „, “ The Marquis „ va “The Conquering Male“ boʻlgan. Uning spektakldagi soʻngi roli Jorj Kelli tomonidan ishlab chiqarilgan „ Filip Goes Forth“ spektaklida boʻlgan. Evansning onasi qizi 15 yoshga toʻlganida uni Angliyaga olib kelgan.

Kinodagi faoliyati



Bolaligida Evans "The Sign of the Cross" (1914) filmida rol oʻynagan. U oʻnlab filmlarda, jumladan, "The Seven Sisters" (1915) filmidagi Marguerit Klark, " Allias Jimmy Valentine " (1915) filmida Robert Uorvik bilan birga suratga tushgan. 14 yoshida u J. Styuart Blektonning " On the Banks of the Wabash " (1923) melodramasida suratga tushgan. U Richard Bartelmess bilan birga „ Classmates „ (1924) filmida suratga tushgan.

1927-yilda Metro Goldwyn Mayer bilan shartnoma imzolagan. Teatrda u koʻpincha bosh rollar uchun tanlangan.

1930-yillarda MGM uchun ishlagan, u “Dinner at Eight“ (1933), Broadway to Hollywood (1933), Hell Below (1933) va Devid Kopperfild (1935) filmlarida suratgatushgan. 1933-yilda u Jeyms Kegni bilan birga "The Mayor of Hell „ melodramasida rol oʻynagan. U suratga tushgan taniqli filmlarga: “Beauty gor Sale" (1933), Grand Canary (1934), "What Every Woman Knows" (1934) va " Pennies From Heaven „ (1936) filmlari kiradi.

Nikoh



1939-yil 25-iyulda Meyn shtatidagi York qishlogʻida „ Dead End“ va “Detective Story " pyesalari bilan tanilgan dramaturg Sidni Kingsleyga turmushga chiqqan. Kingsley bilan turmush qurganidan soʻng, Evans Hollywoodni tark etib va Nyu-Jersidagi erining mulkiga koʻchib oʻtgan.

Oʻlim



Evans 1981-yilda 71 yoshida Nyu-Jersi shtatining Oklend shahridagi uyida saraton kasalligidan vafot etgan.

Filmografiyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz