Madeline Edwards




Madeline Edwards (talaffuzi: Medlin Edvards; 1996-yil 14-iyunda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Sobiq sherigi Zhao Kai Pang bilan birga 2014-yilda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori va 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan.

Faoliyati



Madeline Edwards 2007-yil dekabr oyida Zhao Kai Pang bilan juftlik hosil qilgan. Juftik 2011-yilda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilib, Avstriyada boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida beshinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsumda juftlik Fransiya va Turkiyada oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlarida bir juft bronza medallarini va 2013-yilgi Kanada chempionatidaishtirok etib, oʻsmirlar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻlgan va u yerda 12-oʻrindan joy olgan.

2013 — 2014-yilgi mavsumda Edwards / Pang juftligi ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri medalini qoʻlga kiritgan, Meksikada boʻlib oʻtgan bosqichda kumush, Chexiyada esa bronza medali sohibi boʻlgan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida ettinchi oʻrinni egallagan. Ular 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qisqa raqs namoyishi uchun beshinchi, erkin raqs uchun esa uchinchi oʻrinni egallab, umumiy natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritganlar.

Edwards / Pang juftligi 2014 — 2015-yilgi mavsumda Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashishni davom ettirishga qaror qilgan. Ular Fransiyaning Kurchevel shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida kumush medal bilan taqdirlangan va rossiyalik Alla Loboda / Pavel Drozd juftligidan 2,82 ball farq bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Edwards 2014-yil dekabr oyining oxirida mashg‘ulot paytida to‘pig‘ini shikastlab olgan. Qisqa raqsda oltinchi, erkin raqsda esa toʻrtinchi oʻrinni egallagan holda, juftlik 2015-yilda Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari



(Pang bilan)

Natijalari



JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Pang bilan

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz