Madelaine Petsch
Madelaine Grobbelaar Petsch (1994-yil 18-avgustda tugʻilgan)— amerikalik aktrisa va YouTuber. U The CW telekanalidagi Riverdale serialida Cheryl Blossom va F the Prom filmidagi Marissa obrazlari bilan tanilgan.
Yoshligi
Petsch 1994-yil 18-avgustda Vashington shtatidagi Port Orchard shahrida tugʻilgan. Uch yoshida u raqs darslarini boshlagan va ikki yildan soʻng teatr kurslariga yozildi. Petschning ota-onasi Janubiy Afrikadan boʻlib, u hayotining dastlabki oʻn yilini Janubiy Afrika va Vashington shtati oʻrtasida oʻtkazgan. U Tacoma sanʼat maktabida oʻqidi va uni tugatgandan soʻng Los-Anjelesga koʻchib oʻtdi. Petschning bitta katta akasi bor.
Karyerasi
Petsch 2014-yilda Coca-Cola uchun milliy reklamasifa suratga tushgan. 2016-yil fevral oyida u The CW kanalining Riverdale serialida Cheryl Blossom rolini ijro oʻynadi. 2015-yilda bu rolga oʻsha paytda "Ertangi afsonalar" filmida ishlayotgan kasting direktori bilan uchrashgandan soʻng tanlangan edi. Serialni suratga olish oʻsha yilning sentabr oyida boshlangan va premyerasi 2017-yil 26-yanvarda boʻlib oʻtgan. 2017-yil mart oyidan boshlab u 2019-yilda premyera qilingan " Polaroid " filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshildi. 2019-yil yanvar oyida Petsch qoʻrqinchli komediya janridagi " Sent-Kler " filmida rol oʻynashi va bosh produserlik qilishi eʼlon qilindi; ammo 2022-yilda Bella Torn bu rolni egalladi.
2018-yil aprel oyida Petsch quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklar ishlab chiqaruvchi Privé Revaux kompaniyasi bilan hamkorlik qildi va oʻzining quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklar kolleksiyasini chiqardi.
Shaxsiy hayoti
14 yoshida u vegetarian boʻlgan. U, shuningdek, PETA uchun xabardorlik kampaniyasida ishtirok etgan.
Filmografiyasi
Televideniye
Veb
Manbalar
uz.wikipedia.org