Madaniyat va sanʼat fidokori
„Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishoni — mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish.
Koʻkrak nishoni, istisno tariqasida, jahon miqyosidagi nufuzli koʻrik-tanlov va festivallarda yuqori oʻrinlarni egallagan, oʻzbek milliy madaniyati va san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarga, soha mutaxassislariga hamda madaniyat va san’at namoyandalariga, shuningdek, oʻzining koʻp yillik samarali mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan faxriy xodimlarning yubiley va tavallud kunlari munosabati bilan vazirlik buyrugʻiga asosan alohida muddatlarda ham topshirilishi mumkin.
Tavsifi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org