Madaklashtlar




Madaklashtlar (madaklashti) — Pokiston shimolidagi Haybar-Paxtunxva viloyatining Chitral tumanidagi Madaklasht vodiysi va uning atrofida yashovchi, kelib chiqishi tojiklarga borib taqaluvchi mahalliy etnik-lingvistik jamoa. Ular Madaklasht shevasida gapirishadi. Ayrim tilshunoslar bu shevani dariy yoki tojik tilining dialekti deyishsa, boshqalar, shu jumladan madaklashtlarning oʻzlari ham Gʻarbiy Eron tarmogʻining mustaqil tili deb hisoblaydi. Ular Islomning ismoiliya mazhabida․

Tarixi



Hozirgi madaklashtlarning ajdodlari Afgʻonistonning shimoli-sharqiy hududlaridagi tojik tilida soʻzlashuvchi viloyatlardan ikki yarim asrdan koʻproq vaqt oldin Chitralga koʻchib kelgan. Oʻshandan beri ular boshqa fors shevalaridan uzoqda yakkalanib qolgan holda istiqomat qilib keladi hamda yangi qoʻshnilari — Kxo, Gujar va pushtunlar taʼsiriga tushishgan. Aynan shu omillar Madaklasht xalqining oʻziga xosligini shakllantirishga va ham tojiklardan, ham Chitralning mahalliy xalqlaridan ajratib koʻrsatilishiga imkon beradi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz