Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi
Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olingan Madagaskar sharafini himoya qiladigan ayollar terma jamoasidir. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi FIFA tomonidan tan olingan oʻyinini 2015-yilda oʻtkazgan. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilda Hind okeani orollari oʻyinlarida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilda Komor orollari ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonganidan soʻng COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etishdi.
Tarixi
1985-yilda dunyoning deyarli hech bir davlatida ayollar futbol terma jamoasi boʻlmagan, shu jumladan, Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi ham 1950-yildan 2012-yil iyungacha boʻlgan davrda FIFA tomonidan ruxsat etilgan birorta oʻyinda maydonga tushmagan. 2005-yilda Zambiya mintaqaviy COSAFA ayollar chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi. Bu musobaqaga faqat oʻnta terma jamoa, jumladan, Janubiy Afrika Respublikasi, Madagaskar, Mozambik, Malavi, Seyshel orollari, Mavrikiy, Madagaskar, Zambiya, Botsvana, Namibiya va Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoalari qatnashishga rozi boʻldi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi bu musobaqada natija qayd eta olmadi. 2010-yilda mamlakatda ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida dastlabki bosqichlarda qatnashadigan jamoa yoʻq edi. Mamlakatda 2011-yilgi Butun Afrika oʻyinlarida qatnashadigan jamoa ham yoʻq edi. 2012-yilning iyun oyi holatiga koʻra Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan dunyo reytingida emas edi.
2015 va 2016-yillarda Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi bir nechta oʻyin oʻtkazdi. Lekin shundan faqat toʻrttasi FIFA tomonidan tan olingan. Ulardan ikkitasi Komor orollari ayollar terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻzaro oʻrtoqlik oʻyinlari edi. Boshqa oʻyinlar Hind okeani oʻyinlari turnirida boʻlib, Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi ushbu turnirda ikkinchi oʻrinni egallashgan edi. Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi Mavrikiy ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib turnir finaliga yoʻl olishgandi.
Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yildan 2019-yilgacha ketma-ket uch yil COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etdi. 2017-yilgi turnirda guruh bosqichidagi uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgan. 2018-yilda esa Botsvana ayollar terma jamoasi bilan faqat bitta o‘yinda durang o‘ynagan va 2019-yilgi turnirda Komor orollari ayollari terma jamoasiga qarshi faqat bitta o‘yinda g‘alaba qozongan.
Murabbiylar shtabi
Bosh murabbiylar tarixi
Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining ichki rekordlari
2022-yil 14-avgust holatiga ko`ra:
Qalin harfa yozilgan o‘yinchilar hali ham oʻz faoliyatini amalga oshirmoqda.
Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati
Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining yutuqlari
Mintaqaviy
Ikkinchi oʻrin: 2015[14]
Madagaskar ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari
Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
Olimpiada oʻyinlari
Afrika ayollar millatlar kubogi
COSAFA ayollar chempionati
Manbalar :
COSAFA [10],
Soccerway [11][12]
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org