Madagaskar 3
Madagaskar 3 (inglizcha:
Madagascar 3: Europeʼs Most Wanted ; asl tarjimasi: Madagaskar 3: Yevropaning eng koʻp qidirilayotganlari) 2012-yili chiqarilgan sarguzasht va komedik janrdagi kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation tomonidan ishlangan va Paramount Pictures tomonidan tarqatilgan. Film Madagaskar haqidagi turkum filmlarning uchinchisi va soʻnggisi boʻlib, bundan avval Madagaskar 2 (2008) filmi chiqarilgandi. Film rejissorlari — Eric Darnell, Conrad Vernon va Tom McGrath. Ssenariy mualliflari — Darnell va Noah Baumbach. Film bosh qahramonlariga Ben Stiller, Chris Rock, David Schwimmer, Jada Pinkett Smith, Sacha Baron Cohen, Cedric the Entertainer, Andy Richter, McGrath, Jessica Chastain, Bryan Cranston, Martin Short va Frances McDormand ovoz berishgan.
Mazmuni
Birinchi film voqealaridan soʻng, pingvinlar — Skipper, Kowalski, Rico va Zobit hamda shimpanzelar — Mason va Phil Afrikadan Monte Carlo tomon oʻzlarining takomillashgan uchogʻi orqali joʻnab ketishadi. Ular qaytmasligidan ranjigan arslon Alex doʻstlari — zebra Marty, jirafa Melman va begemot Gloriani pingvinlarni topib, ular yordami bilan New York shahridagi Markaziy hayvonot bogʻiga qaytishga ishontiradi. Ular Madagaskardagi limur doʻstlari boʻlmish qirol Julien, Maurice va Mort hamrohligida Monte Carlodagi bir kazinoda pingvinlarni va shimpanzelarni topishadi. Shaharda tartibsizlik kelib chiqar ekan, hayvonlar bazorgʻa Alexning boshini oʻzining taksedermiya kolleksiyasiga qoʻshishni maqsad qilgan shafqatsiz ofitser — Chantel DuBois qoʻlidan qutilib qolishadi.
Hayvonlar uchoq orqali New York tomon parvoz qilishar ekan, uchoq nosozlik ortidan qulaydi. Endi koʻzlangan manzilga qanday qilib yetib borish haqida boshi qotgan jamoa koʻchma sirkga duch keladi va oʻzlarini sirk hayvonlari deb tanishtirib, ularga qoʻshilib oladi. Sirk hayvonlaridan boʻlmish dengiz arsloni Stefano, urgʻochi yaguar Gia va yoʻlbars Vitaly ularning sirk hayvonlari ekanligiga shubha bilan qaraydi, shu paytda esa Alex ularga oʻzlarini goʻyoki Amerika sirki hayvonlari, deb yolgʻon soʻzlaydi. Sirk Rimda tomosha oʻtkazadi, keyin Londonda tomosha oʻtkazishlari kerak boʻlib, agarda ularning tomoshasi promouterga yoqsa, sirk Amerikada turnega joʻnab ketish imkoniyaga ega boʻladi. Sirk hayvonlari ulardan shubha qilmasliklari uchun pingvinlar sirkni sotib olishadi. Rimda Alex Giaga, qirol Julien esa urgʻochi ayiq Sonyaga maftun boʻlib qoladi. U yerda, DuBois qirol Julien va Sonyani taʼqib etadi, ammo qoʻlga ola olmaydi va shaharda tartibsizlarni yuzaga keltirgani uchun hibsga olinadi.
Ovoz berganlar
Yutuqlar
Musiqasi
Komiks
Film asosida komiks ham chiqarilib, Madagascar Digest Prequel: Long Live the King!, deb nomlandi. Komiks 2012-yil 12-iyunda Ape Entertainment tomonidan chiqarildi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org