Macoumba Kandji
Macoumba Kandji (talaffuzi: Makumba Kanji) — senegallik futbolchi, „Lahti“ klubida hujumchisi.
Biografiyasi
Macoumba Kandji Senegal poytaxti Dakarda tugʻilgan, ammo Gambiyada oʻsgan. U 2003-yilda AQShga kelgan. Shimoliy Karolinadagi oʻrta maktabda tahsil olgan. 2004-2005 yillarda Gruziya harbiy kollejida tahsil olgan va maktabning futbol jamoasida oʻynagan.
Jamoalardagi faoliyati
2008-yil 15-sentyabrda Macoumba Kandji MLSning „New York Red Bulls“ klubiga 2008-yil mavsumi oxirigacha sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berilgan edi. U oliy ligadagi debyutini 2008-yilning 27-sentyabrida „Colorado Rapids“ga qarshi o‘tkazib, golli uzatmani amalga oshirgan. 2008-yil 23- oktabrda u MLSdagi birinchi golini „Chicago Fire“ga qarshi oʻyinda kiritgan.
2009-yil 13-yanvarda „New York Red Bulls“ Macoumba Kandjini sotib oldi va u bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2009-yil 8-may kuni „San-Xose Earthquakes“ga qarshi o‘yinda (4:1) Kandji bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, buning uchun u MLSda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
2018-yilning may oyida u „Honka“ klubiga oʻtgan. U 2018-yilning 3-may kuni „RoPS“ga qarshi o‘yinda „Honka“ safida debyut qilgan va o‘yinda zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng gol urgan. 2018-yilgi mavsumda 16 ta gol urgan, shu bilan birga gollar poygasida uchinchi o‘rinni egallagan.
2019-yilning mart oyida u Eron chempionatining „Sanat Naft“ klubiga oʻtgan. U klub safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.
2019-yil 9-avgustda u „Honka“ga qaytgan.
Statistikasi
Yutuqlari
Jamoaviy yutuqlari
„Colorado Rapids“
„HIK“ FC
Manbalar
uz.wikipedia.org