Maciej Rybus




Maciej Rybus (talaffuzi: [ˈmat͡ɕɛj ˈrɨbus], Matsey Ribus; 1989-yil 19-avgustda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi. U Rossiya Premyer ligasining Spartak Moscow klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi, avval esa Polsha milliy futbol jamoasi safida xalqaro futbol bilan shugʻullangan.

Klubdagi faoliyati



Rybus faoliyatini Pelikan Łowicz klubi bilan boshladi va 2006-yilning yozida MSP Szamotulyga sotildi, bu yerda atigi bir mavsum oʻynadi va Legia Warsaw tomonidan yoshlar jamoasi safiga qabul qilindi. U 2007-yil 15-noyabrda Ekstraklasa kubogida Dyskobolia Grodzisk Wielkopolskiga qarshi oʻyinda Legia safida debyut qilgan. Legia bosh murabbiyi Jan Urban futbolchini asosiy jamoaga oʻtkazishga qaror qildi. Rybus 2007-yil 24-noyabrda Ekstraklasada debyut qildi. U 2007—2008-yilgi mavsumda asosan zaxira oʻrindigʻidan maydonga tushdi, ammo mavsum oxirida boshlangʻich oʻn birlik tarkibdan joy oldi. Rybus Ekstraklasadagi ilk golini 2007-yilning dekabr oyida Gornik Zabrzega qarshi oʻyinda urgan. 2008-yil aprel oyida Rybus liga doirasidagi Wisla Krakowga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi. 

2016-yilning 21-iyunida u Lyon klubi bilan shartnoma imzoladi. Rybus klub safida jami 28 ta oʻyin oʻtkazgan.

2017-yilning 19-iyulida u Rossiyaning Lokomotiv Moscow klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Rybus 2022-yilning 31-may kuni shartnomasi muddati tugagani sababli Lokomotivni tark etdi. Klubdagi faoliyati davomida u bitta Rossiya Premyer ligasi chempionligini, ikkita Rossiya kubogi gʻalabasini va Rossiya Super kubogini qoʻlga kiritdi.

2022-yil 11-iyun kuni Rybus Spartak Moscow klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U klubdagi ilk golini 2022-yil 27-avgust kuni Fakel Voronezh ustidan 1:4 hisobida gʻalaba qozonganida kirtidi.

Xalqaro faoliyati



Rybus Polsha terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning noyabrida Ruminiyaga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Kanadaga qarshi navbatdagi oʻyinda u xalqaro darajadagi birinchi golini urdi. Rybus UEFA Yevropa chempionati 2012da ham Polshani himoya qilgan. 2018-yilning may oyida u Polshaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi.

2022-yil 20-iyun kuni Rossiyaning Spartak Moscow klubiga oʻtganidan soʻng, Polsha Rybusni mamlakati terma jamoasida oʻynashini taqiqladi. Bunga sabab sifatida uning Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida rus jamoasida oʻynash koʻrsatilgan. Bu klub egasi Lukoil urushga qarshi chiqqan yagona yirik rus kompaniyalaridan biri boʻlganiga qaramay Rybus terma jamoa tarkibiga olinmagan.

Shaxsiy hayoti



Rybus Lana ismli rus ayoliga uylangan.

Faoliyat statistikasi



Klub



2022-yil 11-sentyabr holatiga ko'ra[12]:

Xalqaro



2021-yil 12-noyabr holatiga ko'ra:

Xalqaro gollar
Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

Yutuqlari



Legia Warsaw

Lokomotiv Moscow

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz