Machta




Machta (gollandcha angra mast — tik) — antennalar, signalizatsiya va aloqa asboblari (kurilmalari), projektorlar, yelkanlar, kuzatish maydonchalarini mahkamlash, simlarni tortish uchun moʻljallangan tik (vertikal) inshoot. M.ning metall (trubalar va burchakliklardan yasalgan), yogʻoch va temir-betonli xillari bor. Maxsus qurilmalar (ankerlar)ga mahkamlangan poʻlat tortqilar M.ni tik ushlab turadi. Kemalarda (kema tumshugidan keyin keladigan M. — fokmachta, ikkinchisi — grotmachta, kema oxiriga yaqin M. — bizanmachta), muqim (statsionar) kutarish kranlarida, elektr uzatish liniyalari va radioantennalarda, kontakt tarmoqlar va aloqa inshootlarida qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz