Macedonies




Makedon tili (maked.: македонски јазик) — hind-yevropa tillar oilasiga kiruvchi jan. slavyan tillaridan biri, Makedoniya Respublikasining rasmiy tili (2 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi). Lahjalari gʻarbiy, sharqiy, shim. guruhlarga boʻlinadi. Adabiy Makedon tilida 5 ta unli fonema (a, o, u, ye, i)dan tashqari, "r" undoshi ham boʻgʻin hosil qiladi. Urgʻusiz boʻgʻinlar reduksiyasi uchramaydi. "X"dan boshqa barcha shovqinli undoshlar jaranglilikjarangsizlik boʻyicha oʻz juftiga ega. Undoshlar qatorida qattiq — yumshoqlik kuzatiladi. Otlarda kelishik qoʻshimchalari yoʻq, sintaktik munosabatlar analitik tarzda ifodalanadi. Feʼllar murakkab zamon shakllari tizimiga ega. Makedon tili alifbosi kirill yozu-vmga, imlosi esa fonetik qonunqoidalarga asoslangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz