MacBook Air (Apple silicon)
MacBook Air — Apple Inc tomonidan ishlab chiqilgan Macintosh noutbooklari qatoridan joy olgan. 2020-yildan buyon Apple Inc kompaniyasi Apple M seriyali deb nomlangan chipda maxsus ishlab chiqilgan tizimlardan keng foydalanmoqda. Joriy mahsulot qatorida MacBook Air Apple-ning boshlangʻich darajadagi noutbuki boʻlib, u MacBook Pro unumdorligi oraligʻidan pastda joylashgan va hozirda 13 dyuymli ekranlar bilan sotilib kelinmoqda (M1 modeli uchun 13,3 dyuym va M2 modeli uchun 13,6 dyuym joriy etilgan).
Apple 2020-yil noyabr oyida Apple M1 tizimiga ega MacBook Air ni chipda chiqardi. Apple M2 chipi asosida qayta ishlangan model 2022-yil iyul oyida ommaga taqdim etildi.
M1 (2020)
2020-yil 10-noyabrda Apple Inc yangilangan Mac Mini va 13 dyuymli MacBook Pro bilan birga Apple tomonidan ishlab chiqilgan M1 tizimi (SoC) bilan yangilangan MacBook Air-ni taqdim etdi. Maxsus Apple silicon protsessorlari ARM texnologiyasi asosidagi yigʻilgan. Apple qurilmalarni bir hafta oʻtib, 17-noyabrda chiqara boshladi. Qurilma fanatsiz dizayndan foydalanadi va Wi-Fi 6, Thunderbolt 3/ USB4 va Keng rang (P3) uchun qoʻllab-quvvatlanadi. Intel asosida yigʻilgan MacBook, M1 asosida yigʻilgan MacBook ga nisbatan bitta tashqi 4K displeyni ishga tushira oladi. FaceTime kamerasi 720p boʻlib qoldi, bu baʼzi tanqidlarga sabab boʻldi desak xato boʻlmaydi, biroq Apple yuqori sifatli video uchun takomillashtirilgan protsessorini taqdim qildi yaʼni Apple silicon.
MacBook Air M1 Apple ishqibozlari orasida maqtovga sazavor boʻldi, maqtovlarning aksariyati M1 chipining imkoniyatlariga toʻgʻri keldi.
Engadget uchun oʻz sharhida Devindra Hardavar MacBook Air-ga 94/100 ball berib, ish faoliyatining samaradorligi va ajoyib klaviatura, shu bilan bir qatorda MacBook trekpadini yuqori sifatdaligini takidlab oʻtdi. Bundan tashqari, u 2020-yil boshidan MacBook Air-da beri unchalik oʻzgarmaganligini taʼkidlab, noutbukning dizayni va hissiyotiga ozgina toʻxtalib oʻtdi. Biroq, u ishni „har doimgidek mustahkam“ deb maqtadi.
Wired uchun yozgan Julian Chokkattu MacBook Air faqat ikkita USB-C porti bilan kelganidan biroz noligan, ammo klaviatura va batareyaning ishlash muddatini ajoyib tarzda maqtagan. U shuningdek, fanatsiz dizaynni maqtab, bu oʻzini „qayta-qayta qadrlashini“ taʼkidlab oʻtdi.
Texnik xususiyatlari
M2 (2022)
2022-yil 6-iyun kuni WWDC 2022 koʻrgazmasida Apple Inc M2 chipdagi tizimga asoslangan yangilangan MacBook Air M2 ni eʼlon qildi. U M1 Pro va M1 Max MacBook Pro modellarining tekis, plitalar shaklidagi dizayni, toʻliq oʻlchamli funktsional tugmalar va Liquid Retina 60 Hz kabi bir nechta dizayn elementlarini oʻz ichiga oldi. Yangilangan dizayn, dumaloq burchakli Hz displey va 1080p veb-kamera uchun moʻljallangan slot. U ikkita kombinatsiyalangan Thunderbolt 3 / USB 4 portini oʻz ichiga oladi va eski MagSafe zaryadlashni qoʻllab-quvatlaydi.
MacBook Air M2 Apple muxlislari uchun yaxshi qabul qilindi. Bir nechta sharhlovchilar fikriga koʻra yangi dizaynni shuningdek, yaxshilangan displey, unumdorlik va veb-kamerani yuqori baholadilar. „The Verge“ dan Dan Seifert buni „deyarli barcha darajadagi muvaffaqiyat“ deb taʼrif berdi. M1 modeliga nisbatan narxning oshishi koʻzda tutildi, koʻpchilik M1 modeli yaxshiroq qiymatga ega degan xulosaga keldi lekin Apple mahsulotini qadirlaydiganlar uchun zoʻr qurilma.
Texnik xususiyatlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org