Macauley Chrisantus
Macauley Chrisantus (1990-yil 20-avgustda tugʻilgan) — nigeriyalik professional futbolchi, FF Jaro jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Abujada tugʻilgan Chrisantus Hamburger SVga 2007-yilda Abujadan qoʻshildi. Oʻsha yili oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon kubogida turnirning eng yaxshi toʻpurari va ikkinchi eng yaxshi futbolchisi boʻldi. Nigeriya terma jamoasi musobaqada gʻalaba qozondi. 2009-yilning yozida 2009—2010-yilgi mavsum uchun Karlsruher SCga ijaraga berildi, ammo 2010-yil 15-aprelda KSC ijara shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi.
2014-yil 21-iyulda Chrisantus Ispaniyaning Las-Palmas klubidagi muvaffaqiyatli ikki yilidan soʻng Turkiya Superliga vakili „Sivasspor“ bilan uch-yillik shartnoma imzoladi.
2015-yil yanvar oyida Chrisantus Gretsiya vakli AEK Athens bilan 18 oylik shartnoma imzoladi. 2015-yil 4-oktyabr kuni Gretsiya Superligasining oltinchi kunida oʻyin yakuniga yetishiga sakkiz daqiqa qolganida Atromitos darvozasiga yaqin masofadan gol kiritib, oʻzining birinchi va gʻalaba golini kiritdi. Mavsum oxirida shartnoma muddati tugagani uchun klubni tark etdi.
2016-yilning 6-iyulida Chrisantus Las-Palmasdan ketganidan ikki yil oʻtib Ispaniya ligasi vakili Reus Deportiu bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2017-yilning 12-sentyabrida Gretsiya Superligasiga qaytdi va yangi koʻtarilgan „Lamia“ jamoasiga qoʻshildi. Biroq 2017-yilning 12-dekabrida bor-yoʻgʻi ikkita oʻyinda maydonga tushgach, klub bilan shartnomasini bekor qildi.
2018-yil iyul oyida Helsingin Jalkapalloklubi bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, yil oxirida yana klubni tark etdi.
Xalqaro faoliyati
Chrisantus Nigeriyani 17 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qilgan va 2007-yilda Koreyada boʻlib oʻtgan FIFA U17 Jahon chempionatida yetti gol bilan eng yaxshi toʻpurar boʻlgan. Adidas kumush toʻpi bilan taqdirlangan. Barcha yetti golni oʻng oyogʻi bilan kiritdi.
Faoliyat statistikasi
Klublarda
15-yanvar, 2018-yilgi holat boʻyicha [10]
Terma jamoada
Yutuqlari
AEK Athens Manbalar
uz.wikipedia.org