Macaulay Culkin




Macaulay Culkin (talaffuzi: Makoley Kalkin; 1980-yil 26-avgustda tugʻilgan) amerikalik aktyor, musiqachi va podkasterdir. U 1990-yillarning eng muvaffaqiyatli bolalar aktyorlaridan biri sifatida eʼtirof etilib, VH1 telekanalining „100 ta eng buyuk bola-yulduzlar“ hamda E! telekanalining „50 ta eng yaxshi bola yulduzlar“ roʻyxatiga kiritildi.

Culkin Uyda yolgʻiz franshizasining ilk ikkita filmida Kevin McCallister rolini jonlantirgan bola aktyor sifatida mashhur boʻlib, u bu filmdagi roli ortidan Oltin globusning „Eng yaxshi aktyor — Musiqiy yoki komediya janridagi kinofilm“ nominatsiyasida nomzod boʻlgan. Shuningdek, u My Girl (1991), The Good Son (1993), The Nutcracker (1993), Getting Even with Dad (1994), The Pagemaster (1994) va Richie Rich (1994) filmlarida suratga tushgan boʻlib, MTV Movie Awards va Young Artist Awards mukofotlariga nomzod ham boʻlgan. Culkin 1994-yilda aktyor sifatidagi karyerasidan nomaʼlum muddatga tanaffusga chiqdi hamda 2003-yilda Will & Grace telekoʻrsatuvida mehmon sifatida qatnashib, Party Monster (2003) filmidagi roli bilan qaytdi. U 2006-yilda chop etilgan Junior nomli avtobiografik kitobini yozdi.

2013-yilda Culkin the Pizza Underground rock-guruhiga asos soldi; 2016-yilda Culkin Pizza Underground guruhi boʻlinib ketayotganini va ularning keyingi albomi soʻnggisi boʻlishini aytdi. Hozirda u Bunny Ears nomli satirik pop-madaniyat mavzularni oʻz ichiga olgan web-sayt va podkastining nashiri hamda bosh ijrochi direktori (BID) dir.

Filmografiyasi



Film




Televideniya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz