Macao




Aomin — Xitoy janubi-sharqidagi maxsus ma’muriy rayon (1999-yil 20-dekabrdan) Janubiy Xitoy dengizi sohilida, Chjuts-zyan daryosi quyilish joyida. Aomin yarim orol, Xanszidao, Szyuao va boshqa bir qancha mayda orollarni oʻz ichiga oladi. Maydoni 18 km². Aholisi 430 ming kishi (1999) aksari qismi xitoylar va portugʻallar. Din-dorlari budda diniga e’tiqod qiladi, katoliklar ham bor. Ma’muriy markazi va porti — Aomin (342 ming kishi, 1991). 1557-yilda Portugaliya A.ni Xitoydan ijaraga olgan. 1680-yildan Portugaliya mulki, 1951-yildan Portugaliyaning "dengiz ortidagi provinsiyasi". Xitoy va Portugaliya hukumatlarining qoʻshma bayonotiga muvofiq (1987) A. 1999-yildan boshlab Xitoy suvereniteti ostiga oʻtdi.Iqtisodining asosini turizm bilan birga eksport uchun kiyim-kechak va boshqa toʻqimachilik buyumlari, elektron qismlar, oʻyinchoqlar ishlab chiqarish tashkil etadi. A. iqtisodi yana Xalqaro moliya-savdo operatsiyalarida vositachilik qilishga ham asoslangan. Baliqovlanadi. Dengiz kurortlari, qimorxonalar bor.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz