Ma Qinghua
Ma Qinghua (soddalashtirilgan xitoycha: 马青骅; anʼanaviy xitoycha: 馬青驊) (1987-yil 25-dekabrda Shanxayda tugʻilgan) — xitoylik poygachi. Hozirda Cyan Performance Lynk & Co jamoasi safida World Touring Car Cupda ishtirok etmoqda.
Ma Qinghua Rossiyada oʻtkazilgan 2014-yilgi FIA WTCC poygasining ikkinchi poygasida g‘olib chiqqan. U FIA jahon chempionatida g‘olib chiqqan birinchi xitoylik poygachi hisoblanadi. Bundan tashqari, u faoliyati davomida Sport avtomobillari boʼyicha jahon chempionatida, GP2da, Formula 1da va Formula E kabi musobaqalarida qatnashgan.
Faoliyati
Qinghua Ma oʻzining professional poygadagi faoliyatini 2005-yilda Osiyo Formula Renault musobaqasida Asia Racing Team jamoasi safida boshlagan. Ilk poygasida 16-oʻrinni egallagan. Mavsumning yakuniy natijasiga koʻra 5-oʻrindan joy egallagan. U shuningdek, Astromega jamoasi safida 2005-yilgi Italiya Formula 3000 chempionatining bitta poygasida qatnashgan. 2006-yilgi chempionatida ham xuddi shu jamoa safida poygalarda ishtirok etgan. U, shuningdek, Xitoy jamoasi uchun A1 Gran-prisining ilk mavsumida, bir qancha poygalarda ishtirok etgan. Jumladan, Shanxay xalqaro trassasida Xitoyning A1 Gran-prisida qatnashdi. Umumiy natijalarga koʻra 17-oʻrinni egalladi. Keyingi bir necha yil davomida u Formula 3 boʻyicha 2008-yilgi Ispaniya chempionati va 2009-yilgi Britaniya chempionati kabi Yevropa chempionatlarida qatnashdi. Keyin mavsumda Ma 2010-yilgi Superliga Formula poygasida Xitoy jamoasi safida ishtirok etdi. 2010-yilda Ordos Superliga Formula poygasida ham ishtirok etgan. 1 yil oʻtgach, Xitoyning Touring Car Chempionatida 1600c toifali poygachilar oʻrtasida gʻolib boʻldi.
Formula 1
2012
Ma 2012-yil 5-aprelda HRT F1 poygachilarni rivojlantirish dasturiga qo‘shilgan va FIA tomonidan ruxsat etilgan poygada Formula-1 avtomobilini boshqargan ilk xitoylik sifatida tarixda qoldi. Ma, shuningdek, Italiya Gran-prisining birinchi juma mashgʻulotlarida ishtirok etgan birinchi xitoylik hisoblanadi. Oʻsha yilning juma sessiyalarida unga qoʻshimcha imkoniyatlar berilgan.
2013
Ma 2013-yilda HRT jamoasi bilan shartnoma tuzgan. Mavsum davomida ushbu jamoa tarkibida GP2 Series va Xitoy Superligasi kabi poygalarda ishtirok etdi.
Natijalar
Umumiy natijalar
Formula E
FIA World Rallycross Championship
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org