Ma Mingyu




Ma Mingyu (1970-yil 4-fevralda Sichuanning Chongqing shahrida tugʻilgan) — Xitoy terma jamoasining sobiq futbolchisi. U faoliyatining koʻp qismida Sichuan Quanxing vakili boʻlgan va ular bilan bir necha marta chempion boʻlgan. U shuningdek, Guangdong Xongyuan va Italiya A Seriyasining „Perudja“ jamoasini himoya qilgan. Xalqaro miqyosda u 1996-yilgi OFK Osiyo kubogi, 2000-yilgi Osiyo kubogi va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida Xitoy sardori boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati



Ma Mingyu asosan Xitoyning yuqori divizion vakili „Sichuan Guancheng“ klubida oʻynagan va u yerda futbolchilik faoliyati davomida ular bilan bir necha bor chempion boʻlgan. Ma 1994-yilgi ligada 21 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. Ma 1995-yil liga mavsumi boshida Guangdong Xongyuanga koʻchib oʻtgan, ammo Guangdong ligada 4-oʻrinni egallagan. Guangdong bilan oʻtkazgan vaqtida u jamoa bilan hech narsa yuta olmagan va 1996-yilgi liga mavsumidan keyin Guangdongni tark etgan va Sichuanga qaytgan.

Ma Mingyu Sichuan Guanchengdagi ikkinchi mavsumda liga mavsumlarida 3-oʻrinni egallagan. Ma Sichuanning chap yarim himoyasida doimiy oʻrinbosar sifatida mustahkam oʻrin olgan. 2000/01-yilgi mavsumda A Seriyadagi „Perudja Kalsio“ jamoasi eʼtiborini tortgan. Biroq, uning Perudjadagi vaqtida hech qanday oʻyinda ishtirok etmagan va u Sichuan Guanchengga qaytib kelgan. 2003-yilgi liga mavsumi oxirida u professional futboldan ketishga qaror qilgan.

Xalqaro faoliyati



Ma Mingyu 1996-yil 30-yanvarda 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashida Makaoga qarshi 7:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qilgan. 1996-yil 1-fevralda Filippinga qarshi navbatdagi saralash oʻyinida u oʻzining ilk golini kiritgan. Sardorlik davrida u Xitoyni 2000-yilgi Osiyo Kubogida toʻrtinchi oʻringa olib chiqgan va terma jamoani birinchi FIFA Jahon chempionati turniriga yoʻl olishiga yordan=m bergan.

Xalqaro maydondagi gollar




Faoliyat statistikasi



Xalqaro statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz