M 53 (yulduzlar to‘dasi)




M 53 sharsimon yulduzlar toʻdasi (shuningdek, fanda Messier Object 53 , GCL 22 yoki NGC 5024 nomlari bilan qayd etiladi) Koma Berenis yulduzlar turkumidagi shar shaklidagi toʻda hisoblanadi.

Kashfiyot tarixi



Yulduzlar toʻdasi 1775-yilda Iogann Bode tomonidan tomonidan kashf etilgan.

Qiziqarli xususiyatlari



M 53 Galaktika markazidan eng uzoqda joylashgan toʻdalardan biri boʻlib, taxm. 60 000 yorugʻlik yili masofada va Quyosh tizimidan ham salkam shuncha masofada, yaʼni 58 ming yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan.

Kuzatish usuli




M 53 — sharsimon yulduzlar toʻdasini bahor osmonida oddiy durbin yoki teleskopda topish qiyin emas. Buning uchun optik qurilmani unchalik yorqin boʻlmagan α Koma Bereniksining shimoli-sharqiy tomoniga yoʻnaltirish kerak. Oʻrtacha havaskor teleskop yordamida qaralganda ham Messier katalogidagi eng uzoqda joylashgan sharsimon toʻda yulduzlari tiniqlashmaydi va juda yorqin markaz (yadro) hamda periferiyada yorqinligi asta-sekin pasayuvchi kichik tumanli shar shaklida koʻrinadi. 250-300 mm diafragmali optik qurilmalardan boshlab, halo 13,5 m dan katta yulduzchalar bilan tiniqlasha boshlaydi.

M 53 dan 10 burchak daqiqasi janubda 9m yulduzlar juftligini koʻrish mumkin. Janubi-sharqdagi darajada esa eng sirli sharsimon yulduzlar toʻdalaridan biri NGC 5053 ni koʻrsa boʻladi. Garchi u M 53 ga yaqin joylashgan boʻlsa-da, yulduzlari oʻta kamligi bois deyarli sezilmaydi. NGC 5053 — kuzatuvchining koʻrish qobiliyatini va qurilma imkoniyatlarini sinab koʻrish uchun uzoq fazoning ajoyib „sportchi“ jismidir.

Messier katalogi boʻyicha qoʻshnilari




= "Messier Marafoni"dagi kuzatishlar ketma-ketligi



… M 106 → M 3 → M 53 → M 64 → M 85 …

Tasvirlar



Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz