M 38 yulduzlar to‘dasi
M 38 tarqoq toʻdasi (shuningdek,
Messiye Obyekti 38 yoki
NGC 1912 nomi bilan ham tanilgan) Aravakash yulduz turkumidagi tarqoq toʻdadir.
Kashfiyot tarixi
Toʻda 1654-yilgacha Jovanni Battista Godierna tomonidan kashf etilgan. Bundan qatʼiy nazar, u 1749-yilda Le Gentil tomonidan topilgan.
Qiziqarli xususiyatlari
M38 Yerdan 4200 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan.
Kuzatishlar
M38 uchta mashhur Aravakash tarqoq toʻdalarining eng xirasidir. Uni, butun yulduz turkumi singari, kuzdan bahorgacha kuzatish mumkin. Durbin yordamida uni Aravakashning θ-ı kesmasining oʻrtasidan topish qiyin emas. Oʻrtacha (100-127 mm) optikli teleskopda toʻda qush iziga oʻxshash shaklda toʻplangan bir necha oʻnlab oq va sargʻish yulduzlarga boʻlinadi, romantik insonlar bu toʻdani „Dinozavrning izi“ deb ataydi.
M 38 dan janubda (taxminan yarim daraja) biroz ixchamroq va xira NGC 1907 yulduz toʻdasini topish mumkin.
Messiye katalogidagi osmon qoʻshnilari
"Messiye Marafoni" dagi kuzatishlar ketma-ketligi
… M 45 → M 1 →
M 38 → M 36 → M 37 …
Havolalar
uz.wikipedia.org