M 32
M 32 (
NGC 221 ) — Andromeda yulduzlar turkumidagi mitti elliptik galaktika boʻlib, Andromeda galaktikasining (M 31) fazoviy yoʻldoshi. 1749-yilda Le Gentil tomonidan kashf etilgan (fransuzcha: Le Gentil).
U Hubble fazoviy teleskopi vositasida E2 galaktikasining namunasi sifatida tasniflangan.
Astrofiziklar Very Large Array radioteleskoplaridan foydalangan holda M32 elliptik galaktikasida M32* supermassiv qora tuynugi borligini ham aniqlashga muvaffaq boʻlishdi. Uning massasi taxm. 2,5 million Quyosh massasiga teng boʻlib, bu Somon yoʻli galaktikasidagi qora tuynuk massasidan (taxminan 4 million Quyosh massasi) kichikdir.
Michigan universiteti astrofiziklari Andromeda galaktikasini (M31) oʻrab turgan yulduzlar yogʻdusining koʻp qismi 2 milliard yil avval Andromeda galaktikasi bilan toʻqnashgan yirik M32p galaktikasi qoldiqlari ekanini hisoblab chiqishdi. Toʻqnashuvdan soʻng galaktikaning qolgan-qutgan yulduzlari M 32 galaktika yoʻldosh koʻrinishida Andromeda galaktikasi atrofida aylanmoqda.
Kuzatish usuli
Unchalik ham katta boʻlmagan, ammo yetarli darajada yorqin hisoblanuvchi elliptik galaktika — bu Andromeda tumanligi (Messier katalogida № 31 sonli obyekt) atrofini kuzatganlar, odatda, ilk qarashda qayd etadigan jihatdir. Eng oddiy diafragmali havaskor teleskopda (linzasining diametri 100 mm+ boʻlgan) ham M 32’ning diffuz-qorishiq tabiati seziladi. U M 31 markazidan yarim daraja janubda yotadi. Kattaroq havaskor teleskoplarda qaralsa, M 32 da deyarli yulduz shaklidagi yadro va yorqinligi asta-sekin yoyilib ketadigan ixcham, biroz oval yogʻdusi koʻzga tashlanadi.
Messier katalogi boʻyicha qoʻshnilari
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org