M 2
Messier 2 yoki
M2 (boshqa nomi
NGC 7089 ) Dalv yulduzlar turkumidagi sharsimon yulduzlar toʻdasi . Messier 2 ning diametri taxminan 175 yorugʻlik yili boʻlib, qariyb 150 000 yulduzni oʻz ichiga oladi. Eng zich va ixcham sharsimon toʻdalardan biri hisoblanadi.
Kashfiyot tarixi
Yulduzlar toʻdasi fransuz astronomi 1746-yil 11-sentabrda Jean-Dominique Maraldi tomonidan kashf etilgan. Charles Messier oradan 14 yil oʻtib, 1760-yil 11-sentabrda, Maraldidan mustaqil ravishda qayta kashf etadi va „yulduzsiz tumanlik“ sifatida katalogga kiritadi. William Herschel esa toʻdada yulduzlarni aniqlagan birinchi olim boʻldi.
Kuzatishlar
Ushbu sharsimon toʻda yozda yoki kuz mavsumining boshida yaxshi koʻriladi. Uni aniqlash uchun (yorqinlikning aylana markazi tomon yoʻnaluvchi yumaloq nuqta shaklida) dala durbini ham yetarli. Obyektdagi yulduzlar 150 mm diafragmali teleskop yordamida 100 karra kattalashtirishda aniq koʻrinadi. Bu eng quyuq joylashgan yulduzlarning sharsimon toʻdalardan biri boʻlib, yorqin va zich yadroga ega.
Messier katalogidan osmon qoʻshnilari
„Messier marafoni“dagi ketma-ketlik
… M 75 → M 73 →
Messier 2 → M 55 → M 30 …
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org