M 110




Messier 110 (inglizcha: M 110, NGC 205, ruscha: Мессье 110 — Andromeda yulduzlar turkumidagi elliptik mitti galaktika.

Kashfiyot tarixi



Fransuz astronomi Sharl Messier M 110 mitti galaktikasini 1773-yilda kuzatgan, biroq ushbu kuzatishlarga doir maʼlumotlar kiritilgan jurnal faqatgina 1798-yilda nashr etilgan. Messierning oʻzi ushbu fazoviy obyektni oʻz katalogiga kiritishni zarur deb hisoblamagan. Mazkur galaktika 1966-yili Kennet Glin Jons tomonidan Messier katalogiga oxirgi obyekt sifatida kiritilgan.

Karolina Gerschel ham Messier kashfiyotidan mustaqil ravishda 1783-yil 27-avgustda M 110 mitti galaktikasini kashf etadi. Uilyam Gerschel esa ushbu obyektni oʻz katalogiga kiritilganida unga H V.18 raqamini bergan.

Xususiyatlari



M110 Yerdan 2,9 million yorugʻlik yili masofada joylashgan. U mashhur Andromeda tumanligining (M31) eng yorqin yoʻldoshi hisoblanadi va Mahalliy galaktikalar guruhi tarkibiga kiradi. Unda chang-gʻuborlar mavjud boʻlib, bu turdagi galaktikalar uchun noodatiy hisoblanuvchi yaqinda paydo boʻlgan yulduzlarning ayrim dalillarini namoyon etadi.

M110’ning sharqiy chekkasida galaktikaning eng yorqin sharsimon Bol 20 toʻdasi joylashgan.

Kuzatishlar




M 110 — uncha katta boʻlmagan teleskoplarda ham koʻrish mumkin boʻlgan samoviy obyekt hisoblanadi, lekin uni eng katta havaskor asboblarda ham batafsil koʻrish imkoni yoʻq. Galaktika Andromeda galaktikasining boshqa yoʻldoshi sanaluvchi M 32 dan kattaroq, ammo xiraroq boʻlib, kuzatishlarda biroz yassi koʻrinadi.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz